Yunus Rajabiy muzeyi – Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uy-muzey. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan.

Tavsifi Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning oʻgʻli Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan . Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholgʻu asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qoʻyilgan . Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1989-yil 13-sentyabrdagi 301-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1989-yil 28-sentyabrdagi 385-son buyrugʻiga asosan 1957-1976-yillar davomida yashagan atoqli bastakor va hofiz, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashkil etildi.

Maʼlumot Yunus Rajabiy uy-muzeyi 1997-yil 19-dekabrda tashrif buyuruvchilarni qabul qila boshladi. Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida yashovchi bogʻbon oilasida, 16-farzand boʻlib dunyoga kelgan. 1910—1913-yillarda eski maktabda oʻqigan. 1913—1914-yillarda u musiqa ilmini tanlagan. 1918—1923-yillarda musiqa texnikumida tahsil olgan. 1923—1927-yillarda Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutida ishlagan. 1927—yilda radio qoʻmita qoshida Toshkentda birinchi oʻzbek xalq milliy cholgʻu ansamblini tashkil etdi. 1934—1939-yillarda O`zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan. 1940—1941-yillarda Moskvadagi bastakorlik kurslarida tahsil olgan. 1942—1946-yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil qilgan. 1959—1976-yillarda Maqomchilar ansamblini qayta tuzib, bu ansamblda umrining oxirigacha rahbarlik qilgan. 1953—yilda Oʻzbekiston Xalq artisti 1966-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi 1967-yilda Mehnat qizil bayroq ordeni 1971-yilda Hamza mukofoti sovrindori Yunus Rajabiyning 12 farzandi (7 oʻgʻil va 5 qiz) boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Toshkent muzeylari Turkum:1997-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻzbekistondagi uy-muzeylar