Anvar Marasulovich Qoʻchqorov (1916-yil 16-dekabr — 1996-yil 22-dekabr) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, diplomat.

Biografiyasi 1916-yil 16-dekabrda Toshkent tumanining Beshariq qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan.

1937-yilda Pedagogik institutni tamomlagan.

1937-1941 yillarda institutning komsomol qoʻmitasi kotibi, bosh kotibi.

1941-1942 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi boshqarma rahbari.

1942-1944 — KPSS Oliy partiya maktabida diplomatik kurslarda oʻqishni davom ettirgan.

1944-1945 — KPSS Markaziy qoʻmitasi komissariat aʼzosi.

1945 — SSSRning Afgʻonistondagi elchixonasida attashe, 3-kotib.

1947 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vazirligi konsullik boʻlimi rahbari.

1947 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi.

1950 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi.

1951—1953 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri.

1953 — Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.

1957—1961 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat Qoʻmitasi kotibi edi.

1961-yili SSSR Oliy soveti tomonidan eng yuqori diplomatik unvon — Favqulodda va Muxtor elchi unvoni bilan taqdirlandi va Sovet Ittifoqining Togodagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

1963-yili SSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan SSSRning Dagomeyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

1966-1970 — Oʻzbekiston SSR taʼlim vaziri.

1970-1973 — Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.

1973-1980 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.

Mukofotlari Oktabr Inqilobi ordeni (1971). Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950). „Hurmat belgisi“ ordeni (1957). 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi ortidagi mehnat uchun medali Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal. (8-aprel 1970). Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi faxriy diplomi. (9 yanvar, 1959)"Diplomaticheskiy slovar" pod red. A. A. Gromiko, A. G. Kovaleva, P. P. Sevostyanova, S. L. Tixvinskogo v 3-x tomax, M., „Nauka“, 1985—1986. — T. 2, s. 127Biografiya v Spravochnike po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898—1991.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston SSR hukumati boshligʻining oʻrinbosarlari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi taftish komissiyasi a’zolari Turkum:O‘zbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qo‘mitasi kotiblari Turkum:SSSRning Favqulodda va muxtor elchilari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar