Mixail Mixaylovich Kasyanov (; 8-dekabr 1957-yil) – Rossiya davlat arbobi, Bosh vazir (2000-2004) , Xalq ozodligi partiyasi raisi (2004-yildan)[Vneshniy i vnutrenniy dolg|http://kaig.ru/rf/debtgdp.pdf ].
Biografiyasi 1976-yilda Moskva avtomobil-yoʻllar institutini tugatgan.
1976—1978 – armiyada xizmat qilgan.
1978-1981 – SSSR FA sanoat, transport, ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan.
1981-yilda RSFSR Gosplan davlat apparatiga qabul qilindi. Muhandis, iqtisodchi, bosh mutaxassis, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib ishladi.
1987-yilda SSSR Gosplan Oliy iqtisodiy kurslarini tamomlagan.
1990—1991 – Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi.
1991—1993 – Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.
1995-yilda Moliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
1999-yilda Yevropa Banki bosh kotibining oʻrinbosari boʻldi.
1999-yilda Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri etib tayinlandi.
2000-yilda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.
2000—2004-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri.
2006-yil 8-aprelda Kasyanov boshchiligida „milliy-demokratik ittifoq“ yangi muxolifat harakati tuzildi. 1-iyulda harakat „rus xalqi demokratik ittifoqi“ harakatiga aylantirildi.
2010-yilda Boris Nemtsov, Vladimir Rijkov va Vladimir Milov boshchiligidagi „Rossiya korrupsiyasizlik uchun“ koalitsiyasiga qoʻshildi.
2015-yilda Aleksey Navalniy boshchiligidagi demokratik koalitsiyaga qoʻshildi.
2023-yilda „xorijiy agent“ deb eʼlon qilinganРоссия собиқ бош вазири Михаил Касянов «хорижий агент» деб эълон қилинди.
Manbalar
Havolalar Kasyanov Mixail, Bez Putina. Politicheskie dialogi s Yevgeniem Kiselevim , M.: Новая газета, 2009, 368 str.,
Mixail Kasyanov: „Ni na kakie reformi pravitelstvo ne sposobno“ // Аргументы и факты № 49, 5.12.2012 Mixail Kasyanov v peredache „Kult Lichnosti“ na РС/РСЕ (razvernutoe intervyu, audio/video), 17-aprel 2016
Turkum:Rossiya yetakchilari