Matteo Renzi (; 11-yanvar 1975-yil, Florensiya) — Italiya davlat va siyosat arbobi, Italiya demokratik partiyasi yetakchisi (15-dekabr 2013-yildan). Italiya bosh vaziri (2014-2016).

Hayoti 11-yanvar 1975-yilda Florensiyada tug’ilgan. Florensiya universitetining yuridik fakultetini tugatgan. 1999-yilda nomzodlik ishini himoya qildi. . 1996-yilda xalq partiyasi a’zoligiga qabul qilindi. 22-sentabr 2001-yilda Demokratiya – ozodlik partiyasi a’zosi. 7-iyun 2003-yilda 90 % ovoz bilan partiyaning Florensiya bo’limi yetakchisi bo’di. 13-iyun 2004-yilda Florensiya gubernatori etib saylandi.. 9-iyun 2009-yilda Florensiya meri etib saylandi . 15-dekabr 2013-yilda, demokratik partiya milliy kotibi – yetakchisi etib saylandi . 2014-2016 yillarda Bosh vazir (Ministrlar soveti raisi).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar