Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasiozarb. Azərbaycan Dövlət Akademik Filarmoniyası300px"Istiqloliyat" ko'chasidan filarmoni ko'rish300pxFilarmoniyaning qapali kontsert zalining ichki qismiMamlakat25px OzarbayjonShahar25px BokuTegishliOzarbayjon Davlat Simfonik OrkestriOzarbayjon Davlat Xor KapellasiOzarbayjon Davlat Xalq Cholgʻu OrkestriOzarbayjon Davlat KAmera OrkestriOzarbayjon Davlat Qoʻshiq va Raqs AnsambliOzarbayjon Davlat Pianino TriosiOzarbayjon Davlat Skripka KvartetiMeʼmorGavriil Ter-MikelovBuyurtmachiBoku shahar dumasiQurilish vaqti1910–1912Uslubiİtalyan uygʻonishi (eksteryer)Rokoko (interyer)Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olishManba nomeri143TuriuyAhamiyatiRespublika miqyosida300px 10px Musulmon Magomaev nomidagi Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi — Ozarbayjoning Boku shahrindagi konsert kompleksi. Filarmoniya binosi 1910-1912-yillarda arxitektor Gavril Ter-Mikelov loyihasi asosida Niyoziy koʻchasi (sobiq Sadovaya koʻchasi) va Istiqloliyot koʻchasining (sobiq Nikolayevskaya koʻchasi) kesishuvida, keyinchalik Filarmoniya bogʻi deb nomlangan park (sobiq nomi Gubernator bogʻi) hududida barpo etilgan. Davlat Filarmoniyasi esa, 25-may 1936-yilda yaratilgan.
Binosi 300px|right|thumb|Oq klubi binosi, Boku minorasi yaqinida joylashgan va 1910-yilda olov tomonidan vayron qilingan 300px|right|thumb|Ozarbayjon davlat filarmoniyasining sho'ng'in bog'idan ko'rinishi 300px|right|thumb|Ozarbayjon davlat simfonik orkestri 2008-yilda Haydar Aliyev saroyida Xalqaro Rostropovich festivali doirasida ishtirok etdi 300px|right|thumb|Ozarbayjon davlat folklor jamoalari orkestri 2009-yilda "Gabala" xalqaro musiqa festivalida ishtirok etadi 300px|right|thumb|Ozarbayjon davlat chalgichi cherkovi Gabala xalqaro musiqa festivalida so'zga chiqqan, 2009-yil 300px|right 300px|right|thumb|1912-yilda jamoat klubi binosi (hozirgi filarmoniya) 300px|right 300px|right 300px|right 300px|right 300px|right Tarixi 1910-yilgacha shahar boylarining dam olishi uchun taxtadan pavilion bor edi. Suvoqlangan va ohaklangan bu taxta bino „Oq klub“ deb atalardi. Bino Boku qal’asining Shirvon eshigi yaqinida joylashgan edi. Bir kuni kuchli shamol natijasida binoda yongʻin boshlanadi va „Oq klub“ butunlay yonib vayron boʻladi. Binoning qasddan yoqilgani taxmin qilinadi. 1910-yilda „Oq klub“ning yonganidan, vayron boʻlganidan keyin shaharda boylarning dam olishi uchun yangi bino qurilishiga ehtiyoj tugʻildi.
Bino loyihasi tayyorlanishi arxitektor Gavril Ter-Mikelovaga topshirildi. U mahalliy filarmoniya binosi bilan tanishish uchun Azur sohilga — Monte Karloga joʻnatiladi. U Boku uchun Monte Karlo filarmoniyasiga oʻxshash loyihasi tayyorlanadi. Monte Karlo filarmoniyasi, oʻz goʻzalligi bilan Yevropaning eng goʻzal konsert salonlaridan biri hisoblanardi. Ter-Mikelov Monte-Karlodan taassurot va fikrlar bilan qaytadi.
1907-yilda shahar boylari ijtimoiy majlislar oʻtkazilishi uchun makonning barpo etish maqsadi bilan bogʻda joy ayirish taklifi bilan Shahar Dumasiga murojaat qilganida, duma aʼzolarining bir qanchasi bunga eʼtiroz etdilar, chunki, aks holda 200-dan koʻp qari daraxt kesilishi kerak edi. Lekin 19808-yilda hududining 1664,92 m2gacha kamaytirilishi hisobiga Gubernator bogʻi hududida Ijtimoiy majlislar uchun yoz binosi uchun joy ajratilishi tasdiqlandi. Loyihaning oxirgi variant 1910-yilda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun shahar upravasining inshoot komissiyasiga taqdim etiladi. 1911-yilda bino qurilishi boshlanishi bilan dengiz sohilida muhandis Mammadhasan Hajinskiy loyihasi asosida 1909-yilda qurila boshlandi va 17.323.44 m2 hududini qamrab olgan bulvar mavjud edi.
Yoz klubining asosiy koʻrinishi Ter-Mikelov loyihasi asosida insho etilgan Sadixov aka-ukalari uyiga, profilni esa Hoji Zeynalabdin Tagiyev qurgan Marinskiy qizlar gimnaziyasi binosi (Ozarbayjon Milliy Sanʼat Muzeyi II korpusi) va Rotshildlarning Boku kontorin ishlarini idora etuvchi De Bur saroyiga (Ozarbayjon Milliy Sanʼat Muzeyi I korpusi) qaraydi. Qisqa muddatdan soʻng De Bur oʻz villasini Kafkaz jamiyatiga sotadi va jamiyat sadri millioner P.Gukasov Ter-Mikelovdan u yashagan saroyga nafaqat musiqa eshitilishini, balki klubda boʻlib oʻtayotganlardan xabardor boʻla oladigan shaklda loyihalashtirishini soʻraydi. Millionerning istagini amalga oshirgan meʼmor original usul oʻylab topadi. Odatda konsert zallarida sahna yuzi asosiy kirish tomonga qarasa, filarmoniyada kirish sahnaning yonida joylashgan. Shu sababli ham De Bur saroyining deraza va ayvonlaridan filarmoniya sahnasini bemalol koʻrish mumkin. Lekin Manaf Sulaymonov aytishicha, bu maʼlumot faqatgina taxmindir, chunki 1912-yilda P.Gukasov Davlat Dumasi aʼzosi sifatida Peterburgga koʻchdi. 1912-yilda bino qurilishi yakunlanadi.
Mulkdorlar va neft millionerlari, boy tijoratchilar va yuksak lavozimli maʼmurlar, taniqli muhandislar, chor armiyasi zobitlari va boshqalari vaqtlarini tunning yarmigacha bu yerda oʻtkazardilar. Baʼzilar bor pullarini yutqazguncha bu yerda qimor oʻynardilar.
Ozarbayjonda Sovet hokimiyati tuzilgach, 20-yillarda bu binoda musiqa ishtiyoqmandlari, turli orkestr va ansambllar yigʻila boshladi. 1936-yil 25-mayda Boku sovetining ishchi-viloyat va matros deputatlari qoshidagi simfonik konsertlar idorasi bazasi asosida Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasi tuzildi. 1936-37-yillarda binoda qurilish ishlari olib borildi. 1937-yil 11-avgustda esa Xalq Komissarlari Sovetining 5021-sonli majlis qarori bilan AK (b) MK-ga Xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muslim Magomayev nomini abadiylashtirish maqsadida Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasiga uning nomi berilishi taklifini kiritdilar.
Ozarbayjon Respublikasi tashkil topgach 1996-2004-yillarda Filarmoniya binosida asosiy barpo va qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. 2004-yil 27-yanvarda Filarmoniya binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilishda prezident Ilhom Aliyev, Madaniyat vaziri Poʻlat Bulbuloʻgʻli, taniqli violonchel ustasi Mstislav Rostropovich, professor Farhod Badalbeyli ishtirok etgan.
Meʼmorlik xususiyatlari Palladiya ruhidagi Italiya uygʻonish uslubi meʼmor loyihasi asosida qurilgan binoning obrazliligiga yuksak darajada mos kelardi. Bu esa meʼmorlik-loyihalash gʻoyasini, bino uchun ajratilgan yer maydoni hududi — yerning relyefi va iqlim xususiyatlarini oldindan aniqlardi. Ijtimoiy majlis loyihasida koloritli va ifodali (binoning tegishli mavzuga mos boʻlishini nazarda tutgan holda) kompozitsiya yaratilgandi. Chiroq va soya oʻyinlarining katta qismini ifoda etish uchun vosita sifatida foydalanilgan terras va verandalar bilan boy bino Uygʻonish davridagi Italiya villalarini eslatadi.
Burchak sohasi binoning kompozitsiyasida simmetriya usulini saqlash bilan loyiha natijasi tanlovini oldindan aniqlagandi. Reja yoʻlak va dahlizlar boʻlmasdan, yorugʻ va sodda shaklda tafsir etilgandi. Barcha asosiy devorlar bir-biriga bogʻlangan boʻlib, yagona konstruktiv sxemani tashkil etadi. Filarmoniyaning qolgan barcha xonalarini birlashtirgan rejada ellips shaklli zal meʼmorlik-loyihalash kompozitsiyasining markazidir.
Bino dengizga, manzarali Boku buxtasi tomon qaratilgan. Janub tomondan klassik orderlardan foydalanilgani sababli nafis va zarif shaklda koʻrsatilgan tantanali koʻp yarusli kompozitsiya sifatida qabul qilinadi. Asosiy hajm meʼmorlik qismlarining ortgan ritmik oʻzagi ustida — yon qanotlaridan markazga qarata qurilgan. Barcha hajmli-makon qurilishini dekorativ chiroq bilan birga gumbaz va minora uslubidagi yon tomonlardan chiqqan tekis ustunlar yakunlagan.
Tashqi koʻrinishini yana-da koʻrkamlashtirgan dekorativ bezaklar interyerni qiziqarli qiladi. Bu binoda meʼmorlikning tashqi va ichki koʻrinishini buzuvchi eklektikaga yoʻl qoʻyilmagan. Interyerlarda proporsiyalarning tozaligi, formalarning goʻzalligi va butunligining hamohangligini ochuvchi, meʼmorlik gʻoyasining mantiqiga birgalikda tobe etilgan, Italyan uslubining eng goʻzal stilizatsiyasi mavjuddir.
Strukturasi
Uzeyir Hojibeyov nomidagi Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri 1920-yilda Ozarbayjon professional musiqasi asoschisi Uzeyir Hojibeyov tashabbusi bilan tuzilgan. Tez orada orkestr Glinka, Chaykovskiy, Musorgskiy, Rimskiy-Korsakov, Motsart, Bethoven, Shubert, Berlioz, Mendelson, Vagner, Listin va boshqa bastakorlar asarlarini yuksak saviyada, professionallik bilan ijro eta boshladilar. Turli yillarda davlat simfonik orkestri bilan dirijyorlardan M.Chernyaxovskiy, U.Qoldshteyn, A.Stolerman va boshqalar ishladi.
Orkestr shakllanishida dirijyorlardan R.Baton (Fransiya), O.Klemperer (Germaniya), F.Shtidri (Avstriya), N.Golovanov (Rossiya) yaqindan qatnashganlar. SSSR da tuzilgan orkestrlardan biri boʻlgan Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri faoliyatini boshlagan vaqtdan professional musiqa madaniyati taraqqiyotida muhim rol oʻynagan. Simfonik Orkestr repertuariga Gʻarbiy Yevropa, rus va Ozarbayjon bastakorlarining asarlari ham kiradi. 1938-yildan Simfonik Orkestrga taniqli dirijyor Niyoziy boshchilik qildi.
Orkestr tashkil topgan davrda Niyoziy uning badiiy rahbari, N.P.Anosov esa bosh dirijyor edi. N.P.Anosov orkestr bilan jami 2 yil ishladi. 1940-1944-yillarda Ulugʻ Vatan Urushi bilan bogʻliq orkestr namoyish etildi. 1945–1948 -yillarda orkestrning bosh dirijyori vazifasida tajribali musiqachi, taniqli dirijyor, professor Leo Ginzburg faoliyat koʻrsatgan. 1948-1984-yillarda hayotining soʻnggi kunigacha orkestrning bosh dirijyori va badiiy rahbari Niyoziy boʻlgan.
1984-1990-yillarda orkestr dirijyori va badiiy rahbari sifatida Rauf Abdullayev faoliyat koʻrsatadi. 1992-98-yillarda Yalchin Adigoʻzalov bosh dirijyori va badiiy rahbari boʻldi. 1998-yildan bugungacha esa ushbu vazifani Rauf Abdullayev bajaradi. Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri Germaniya, Turkiya, Shvetsariya, Misr, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, BAA da muvaffaqiyat qozonishdi. Orkestr Xalqaro Rostropovich Festivali, Gabala Xalqaro Musiqa Festivali, Uzeyir Hojibeyov Xalqaro musiqa festivali, Xalqaro Mugʻom Festivalining faol ishtirokchisidir.
Ozarbayjon Davlat Xalq Cholgʻu Orkestri Ozarbayjon Davlat Xalq Cholgʻu Orkestri 2000-yilda Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasi qoshida tashkil etildi, mazkur yili 8-mart Ayollar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan konsertda ilk bora sahnaga chiqdi. Orkestr 2007-yil may oyida Ozarbayjonda, Belarusiya va Moldova respublikalarida oʻtkazilgan madaniyat va sanʼat kunlarida ishtirok etdi. Hozir orkestr badiiy rahbari va bosh dirijyori Ogʻaberdi Pashayevdir. Ozarbayjon Davlat Xalq Cholgʻu Orkestri 2004 va 2005-yillarda Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida oʻtkazilgan anʼanaviy XX „Fajr“ Xalqaro Musiqa Festivallarida 2 marta eng oliy „Oltin Chang“ mukofotiga sazovor boʻldi.
Qora Qorayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Kamera Orkestri