Charles Michel (toʻliq ismi Charles Yves Jean Ghislaine Michel; , 1975-yil 21-dekabr, Namur, Valloniya, Belgiya) – Belgiya, Yevropa davlat va siyosat arbobi. 2019-yil 1-dekabrdan Yevropa Kengashi raisi. Belgiya fransuz hamjamiyati vakili, Islohotlar harakati partiyasi rahbari (2011–2019)„Dit waren de jongste en de oudste eerste ministers van ons land“. Het Belang van Limburg. 8-oktyabr 2014, Belgiya Bosh vaziri (2014–2019). Belgiyaning tarixidagi eng yosh bosh vazir„BIOGRAFIE. Charles Michel wordt jongste premier uit Belgische geschiedenis“. ʻʻDe Standaardʻʻ. 7-oktyabr]] 2014.
Biografiyasi Charles Michel 1975-yil 21-dekabrda Belgiyaning Vallon mintaqasidagi Namur provinsiyasining poytaxti Namur shahrida Martin va Louise Michel oilasida tugʻilgan, ularning birinchi oʻgʻli boʻlgan. 16 yoshida Charles Michel „Jodouany yosh liberal islohotchilari“ tashkilotiga qoʻshilgan. 1992-yildan 1999-yilgacha tashkilot prezidenti boʻlgan va 1994-yilda Vallon Brabant provinsiyasi boʻyicha maslahatchi etib saylangan. 1998-yilda Bryusseldagi Frankofoniya erkin universiteti va Amsterdam universitetining huquq fakultetini tamomlagan, soʻng huquqshunos boʻlgan.
1999-yilda Vakillar palatasiga saylangan. 2000-yilda Charles Michel Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi va 25 yoshida Belgiya tarixidagi eng yosh vazirga aylandi. Xuddi shu yili Vavr shahar kengashiga saylangan, 2004-yilda shaharsozlik boʻyicha maslahatchi, shuningdek, „Islohotchilar“ harakatining matbuot kotibi, 2006-yilda esa shahar meri boʻlgan. 2007-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra Mishel Valon Brabantdan Vakillar palatasiga saylandi.
Sharlning otasi Lui Mishel Belgiya tashqi ishlar vaziri va rivojlanish boʻyicha Yevropa komissari (2004–2009) boʻlgan.
Oʻzining ona tili boʻlgan fransuz tilidan tashqari, golland va ingliz tillarini ham biladi.
2007-yil 21-dekabrda oʻrniga tashqi ishlar vaziri boʻldi, keyingi ikkita hukumatda bu lavozimni saqlab qoldi. 2010-yilgi parlament saylovlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Charles Michel partiya prezidenti lavozimiga nomzod boʻldi. 2011-yil 28-yanvarda ichki saylovlarda gʻalaba qozondi va vazirlik lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
2009-yilda Sharl Mishel Rim papasi Benedikt XVI ning prezervativlar OITS tarqalishiga hissa qoʻshishi haqidagi daʼvolaridan hayratda qolganini aytdi va uning dalillarini „hayratlanarli“ deb atadi.
2015-yil 11-iyundan 14-iyungacha Telfsda (Avstriya) Bilderberg konferensiyasida ishtirok etdi. Bosh vazirning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Frederic Cauderierning soʻzlariga koʻra, „biz uchun ushbu taklif Belgiyadagi koʻplab xorijiy investorlarning ishtirokchilar roʻyxatini hisobga olgan holda qiziqishini aks ettiradi“.
2018-yil yanvar oyida Rossiyaga uch kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif „muloqotga ochiqlik“ shiori ostida boʻlib oʻtdiSharl Mishel v Rossii: ya tam bil, i vsyo pravda InoSMI, 1 fevralya 2018 goda.
2019-yil 2-iyul kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan sammitda Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati yetakchilari Charles Michelni Yevropa Kengashi prezidenti etib sayladiVibralis. Kto stanet upravlyat Yevrosoyuzom v blijayshee vremya Novaya gazeta, 17 iyulya 2019 goda. 2019-yil 1-dekabrda Charles Michel keyingi 2,5 yillik vazifalarini bajarishga kirishdi.
2020-yilda Gruziyadagi parlament inqirozini hal qilish boʻyicha kelishuvini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Mukofotlari
Leopold ordeni 1-darajali grand ofitseri (2014 yil 21-may). Leopold II ordeni buyuk ritsarining xochi (2019-yil 23-iyun)Koninklijk Besluit van 23 juni 2019. 1-darajali Knyaz Yaroslav mudriy ordeni (2021-yil 23-avgust, Ukraina) – davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun. 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2022-yil 23-avgust, Ukraina) – davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan katta hissasi uchun.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar