Trollar () 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Thomas Dam yaratgan qoʻgʻirchoqlarga asoslangan. Film rejissori — Mike Mitchell, hikoyani esa Erica Rivoji yozgan. Filmda bosh qahramonlarga Anna Kendrick, Justin Timberlake, Zooey Deschanel, Russell Brand, James Corden va Gwen Stefani ovoz bergan. Film baxtli boʻlish uchun trollarni yeydigan Bergenlar deb ataluvchi maxluqlar bosqinidan qishlogʻini saqlamoqchi boʻlgan ikki troll haqid hikoya qiladi.
Trollar filmi premyerasi AQShda 4-noyabr 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film $125 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $346 million ishlab topdi. Kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholandi.
Filmning sikveli — Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar 10-aprel 2020-yilda chiqarildi.
Ovoz berganlar
Anna Kendrick — Atirgul Justin Timberlake — Vaysaqi Zooey Deschanel — Bridget Christopher Mintz-Plasse — shahzoda Gristle Christine Baranski — oshpaz Russell Brand — Krik Gwen Stefani — DJ Suki James Corden — Biggi Jeffrey Tambor — qirol Peppy Ron Funches — Kuper Icona Pop — Satin va Chenille Kunal Nayyar — Guy Diamond John Cleese — qirol Gristle Sr.
Musiqasi
Sikveli
28-fevral 2017-yilda Universal Pictures va DreamWorks Animation kompaniyalari Trollar filmining davomi ishlanishini va uning nomi Trolls 2 (Trollar 2) boʻlishini eʼlon qildi. Oʻsha paytda filmni 10-aprel 2020-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Kendrick va Timberlake yana Atirgul (Poppy) va Vaysaqi (Branch) personajlariga ovoz berishi maʼlum boʻldi.
Sikvelning yangi nomi — Trolls World Tour 2018-yil iyunida eʼlon qilindi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2016-yil filmlari Turkum:2016-yil 3D-filmlari Turkum:2016-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:AQSh romantik filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Mike Mitchell filmlari Turkum:2016-yil kinokomediyalari