„Doctor Strange“ (oʻzbekcha manbalarda „Doktor Strange“ oʻlaroq maʼlum) — 2016-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn toʻrtinchi kinokartina. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Scott Derrickson rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Benedict Cumberbatch, Chiwetel Ejiofor, Rachel McAdams, Benedict Wong, Michael Stuhlbarg, Benjamin Bratt, Scott Adkins, Mads Mikkelsen va Tilda Swinton ijro etgan.

Film premyerasi 2016-yilning 13-oktyabrida Gonkongda boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $677,8 million mablagʻ yigʻgan. „Eng yaxshi vizual effektlar“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan. Filmning davomi — „Doctor Strange in the Multiverse of Madness“ 2022-yilning mayida chiqarilgan.

Rollarda thumb|Chapdan oʻngga: Cumberbatch, Derrickson, Swinton, McAdams, Ejiofor, Mikkelsen va Wong (San Diego Comic-Con, 2016).

Aktyor Rol Benedict Cumberbatch Stephen Strange Chiwetel Ejiofor Karl Mordo Rachel McAdams Christine Palmer Benedict Wong Wong Michael Stuhlbarg Nicodemus West Benjamin Bratt Jonathan Pangborn Scott Adkins Lucian Mads Mikkelsen Kaecilius Tilda Swinton Ancient One

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2016-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Parallel olamlar haqidagi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:2016-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Scott Derrickson filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar