Shah Rukh Khan (, , ; ; 1965-yil 2-noyabrda tugʻilgan) hindistonlik aktyor, prodyuser va ssenariynavisdir. „Bollywood qiroli“ taxallusi bilan tanilgan . Khan bugunga qadar 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.
thumb|185px|Khan 2000-yilda thumb|upright=0.8|Khan (Priyanka Chopra bilan) 2006-yil Don filmi premyerasida. thumb|SRK award|Shahrukh Khan 2011-yil Hindistonning engi yaxshi erkak aktyori mukofotini olayotganda. thumb|upright|Khan 2013-yil Chennai Express filmi premyerasida
Shah Rukh Khan 1965-yil 2-noyabrda Dehlida advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Khan peshovaralik boʻlib Nyu-Dehliga koʻchib borgan edi. Shah Rukh Khan oʻrta maktabni tamomlab, Hansraj kolleji (1985-88) da iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil oladi. 1988-yilda Hansrajni tamomlagach, Jamia Millia Islamia universitetida ommaviy kommunikatsiya yoʻnalishida magistraturani oʻqishni boshlaydi, ammo qiziqishi tufayli aktyorlik kasbini tanlab, oʻqishni tashlab ketadiShah Rukh xon biografiyasi. Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Mumbayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktyabr kuni, Shah Rukh Khan Gauri Chhibberga uylandi. Hozir ularning uch farzandi bor. Ularning ismi: Aryan Khan, Suhana Khan va Abram Khandir.
Shah Rukh Khan nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda eng boy aktyorlardan biri hisoblanadi. Uning boyligi 2020-yilning yarmigacha hozir $687 millionni tashkil qilmoqda.
Faoliyati Khan 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktyor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Deewaana“ () filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993-yilda u ikki salbiy rollari uchun — „DARR“ (Qoʻrquv ostida yashash) va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi.
1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.
Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“ () filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil etdi. Ushbu film 25 yil kinotetrlarda namoyish qilindi va Guinness rekordlar kitobiga kirdi. Keyinchalik eng yaxshi aktyor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Khan“ () filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23-martda qoʻlga kiritgan.
Filmografiyasi Yil Oʻzbekcha nomi Asl nomi Rol 1988 Oddiy askar Fauji Abximan Ray 1991 Devona Ahamak Pavan Ragxoʻjan 1992 Devona qalb Deewana Raja Saxi 1992 Afsun Chamatkar Sunder Shrivastav 1992 Kabera raqossasi Dil Aashna Hai (…The Heart Knows) Karan Sinx 1992 Orzular janobi Raju Ban Gaya Gentleman Raju 1993 Maya xonim Maya Lalit 1993 Birinchi Pehla Nasha … Oʻzi 1993 Baazigar Baazigar Vikki Malxotra 1993 Qoʻrquv ostida Darr Rahul Mexra 1993 Sevgi qiroli King Uncle Anil Basal 1994 Sevgi mavsumi Kabhi Haan Kabhi Naa Sunil 1994 Oʻjar Anjaam Vijay 1995 Guddu Guddu Gudu Bahadur 1995 Oʻgʻirlanmagan kelin Dilwale Dulhania Le Jayenge Raj Malxotra 1995 Karan va Arjun Karan Arjun Vijay 1995 Ram Jaane Ram Jaane Ram Jaane 1995 Sevgi fasli Zamaana Deewana Rahul Sinx 1995 Azizam, bu Hindiston Oh Darling Yeh Hai India Xiro 1995 Uch aka-uka Trimurti Romi 1996 Azobli muhabbat Chaahat Rup Sinx 1996 Merosxoʻr English Babu Desi Mem Vikram 1996 Qasoskor Army Arjun 1997 Soʻzsiz muhabbat Koyla Shanker 1997 Xoʻp boʻladi xoʻjayin Yes Boss Rahul 1997 Qalb tuygʻoni Dil To Pagal Ha Rahul 1997 Parchalangan ishonch Pardes Arjun 1997 — Gudgudee Kamep 1998 Egizaklar Duplicate Manu 1998 Toʻsatdan Achanak … Oʻzi 1998 Bir koʻrishda muhabbat Dil Se… Amarkant Varma 1998 Hayotda hamma narsa boʻladi Kuch Kuch Hota Hai Rahul 2000 Yurak Phir Bhi Dil Hai Hindustani Ajay Bakshi 2000 Vaqt nafasi Hey Ram Ali xon 2000 Har bir sevuvchi yurak Har Dil Jo Pyar Karega… Rahul 2000 Oshiqlar Mohabbatein Raj Malxotra 2000 Ayol qalbi Gaja Gamini Shah Rukh 2000 Joʻshqin sevgi Josh Maks 2001 Vasiy One 2 Ka 4 Arun Verma 2001 Imperator Asoka Ashok 2001 Gohi shodlik gohi gʻam Kabhi Khushi Kabhie Gham… Rahul Raychand 2002 Devdas Devdas Devdas 2002 Yagonam Hum Tumhare Hain Sanam Gopal 2002 Sabrina bollivudda Sabrinaʼs Bollywood … Oʻzi 2002 Oʻgil Shakthi: The Power Jaysinx 2002 Sevgi anatomiyasi Saathiya Yashvant 2003 Hayot qadri Larger Than Life … Oʻzi 2003 Yoʻl-yoʻlakay Chalte Chalte Raj Matxur 2003 Oʻtkinchi dunyo Kal Ho Naa Ho Amar 2004 Xiyonat Yeh Lamhe Judaai Ke Dushan 2004 Shah Rukh Khanning hayoti haqida The Inner/The Outer World Of Shah Rukh Khan…Oʻzi 2004 Men sen bilanman Main Hoon Na Prasad Sharma 2004 Vir va Zara Veer-Zaara Vir 2004 Vatanga qaytish Swades: We, the People Moxan 2005 Nigoh Kaal Yulduz 2005 Sevish sanʼati Silsiilay Sutradxar 2005 Jumboq Paheli Kishnalar/Jin 2006 Begona Alag: He Is Different…. He Is Alone… Maxsus taklif 2006 Hech qachon alvido demang Kabhi Alvida Naa Kehna Dev 2006 Don Don Don / Vijay 2006 Men seni koʻrayapman I See You Gitarachi 2007 Olgʻa Hindiston Chak De! India Kabir Xan 2007 Salom, bolakay Heyy Babyy Raj Malxotra 2007 Om Shanti Om Om Shanti Om Om / Om kapur 2008 Koʻzga koʻrinmas Bhoothnath Aditya sharma 2008 4 telba Krazzy 4 Maxsus taklif 2008 — Rab Ne Bana Di Jodi Raj 2009 Billu Billu Saxir Khan 2009 Yaxshi baxt uchun imkoniyat Luck by Chance Oʻzi 2010 Kuyov topilmadi Dulha Mil Gaya Pavan Gandi 2010 — Koochie Koochie Hota Hai Rokki 2010 Mening ismim Khan My name is Khan Rizvon Khan 2011 Ravan RA. One Shek Xar / Ji Van 2011 Muhabbat istirobi Love Breakups Zindagi Oʻzi 2011 Don 2 Don 2 Don 2012 Toki hayot ekanman Jab Tak Hai Jaan Samar 2013 Chinnay ekspressi Chennai Express Rahul 2014 Yangi yil bilan Happy New Year Charli 2015 Sevishganlar Dilwale Raj Bakshi/ Kali 2016 Muxlis Ishqiboz Aryan Xan/ Gurav Chandra 2016 Devi Devi Ovoz beruvchi 2016 hayot qadri Dear ZindagiJahongirxon 2017 Nufuz Raees Rayis 2017 Umid nuri Tubelight sehrgar Gogo Posho 2017 Harry Sejalni uchratganda Jab Harry Met Sejal Harinder „Garri“ Singh Nehra 2018 Nol Zero Baua Singx 2019 Zoya factori The Zoya Factor Sharhlovchi 2019 — Rocketry: The Nambi Effect Oʻzi2022 —Laal Singh ChaddhaOʻzi2022 —Brahmāstra: Part One – ShivaMohan Bhargav2023 —PathaanPathaan2023 —Jawan —2023 —Tiger 3Pathaan2023Noqonuniy muhojirlarDunki Hardy Sinx
Ssenaristlik qilgan filmlari Ravan „RA.One“ (2011)
Televideniyedagi faoliyati 2007-yildan boshlab, Khan „Kim millioner boʻlishni istaydi?“ televizion oʻyinini Amitabh Bachchandan keyin olib bordi. 2008-yildan boshlab esa Kim 5-sinfdan aqliroq? Hind versiyasini olib bordi. 2004-yildan 2010-yilga qadar Khan Karan Joharning Karan Johar qaxvaxonasida degan koʻrsatuvda olti marta qatnashdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindistonlik erkak aktyorlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar