Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati () 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi filmdir. Filmga David Yates rejissyorlik qilgan. Warner Bros. Pictures va Heyday Films studiyalari tomonidan ishlangan. 2016-yilda ishlangan Jodu saltanati filmining davomi. Filmda bosh rollarni Eddie Redmayne, Katherine Waterston, Dan Fogler, Alison Sudol, Ezra Miller, Zoë Kravitz, Callum Turner, Claudia Kim, William Nadylam, Kevin Guthrie, Jude Law va Johnny Depp ijro etgan.
Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati filmi premyerasi 2018-yil 8-noyabrda Parijda boʻlib oʻtdi. Kinoteatrlarda 2D, 3D, 4D, Dolby Cinema, IMAX va ScreenX formatlarida namoyish etildi. Kartina dunyo boʻylab $654,9 million mablagʻ yigʻdi va 2018-yilning 10chi eng kassabop filmiga aylandi.
Filmning bir sikveli bor: Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore (2022).
Rollarda
Eddie Redmayne — Newt Scamander Katherine Waterston — Tina Goldstein Dan Fogler — Jacob Kowalski Alison Sudol — Queenie Goldstein Ezra Miller — Credence Barebone Zoë Kravitz — Leta Lestrange Callum Turner — Theseus Scamander Claudia Kim — Nagini William Nadylam — Yusuf Kama Kevin Guthrie — Abernathy Jude Law — Albus Dumbledore Johnny Depp — Gellert Grindelwald
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Sehr va sehrgarlar haqidagi filmlar Turkum:Spin-off filmlar Turkum:Buyuk Britaniya 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar