Gʻusl ( – choʻmilish) – pok boʻlish uchun butun badanni maxsus tartibda yuvish. Gʻusl jinsiy aloqa, ihtilom, hayzdan keyin farz boʻladi. Hanafiylik mazhabida gʻuslning sharti 3 ta – ogʻizni gʻargʻara qilish, burunni yaxshilab yuvish, badanning hamma joyini suv bilan poklash. Boshqa mazhablarda ogʻiz-burun chayish farz emas.
Islomda bir haftada bir marta (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari gʻusl qilish sunnat sanaladi. Gʻusl katta tahorat deb ham ataladi. Gʻusl mayitga nisbatan ham ishlatilib, bu ishni gʻassol (yuvgʻuchi) bajaradi.
Qurʼondagi dalil Qurʼonda gʻusl haqida Niso surasining 43-oyatida quyidagicha zikr qilingan:
Bundan tashqari Moida surasining 6-oyatida ham bu borada oyat kelgan:
Manbalar