Corpse Bride () 2005-yilda ekranlarga chiqarilgan musiqiy va qora fentezi janrlarida suratga olingan AQSh animatsion filmidir. Tim Burton Productions, Laika va Patalex II Productions studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Mike Johnson va Tim Burton, ssenariynavislari — John August, Caroline Thompson va Pamela Pettler. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Johnny Depp, Helena Bonham Carter, Emily Watson, Albert Finney, Joanna Lumley va Christopher Lee kiradi. Ushbu multfilmda dahshatli voqealar hazil orqali koʻrsatib beriladi.
Syujeti Baliq savdosi bilan shugʻullanadigan badavlat kimsaning oʻgʻli Victor Van Dort va Victoria Everglot ismli aslzoda qiz bilan turmush qurishi kerak boʻladi. Ammo marosimga tayyorgarlik chogʻida asabiylashganidan gaplarini adashtirib yuborgan yigit tinchlanish uchun oʻrmonga qochib ketadi. U yerda nutqini xatosiz takrorlashni uddasidan chiqadi. U daraxt shoxi deb oʻylab uzuk kiydirgan narsa Emily ismli marhum kelinning barmogʻi boʻlib chiqadi. Shundan keyin kelin „uygʻonib“, Victorni narigi dunyoga tortib ketadi.
Ovoz berganlar QahramonOvoz bergan aktyorVictor Van DortJohnny DeppEmilyHelena Bonham CarterVictoria EverglotEmily WatsonFinnis EverglotAlbert FinneyMaudeline EverglotJoanna LumleyPastor GalswellsChristopher LeeWilliam Van DortPaul WhitehouseNell Van DortTracey UllmanLord Barkis BitternRichard E. GrantElder GutknechtMichael GoughBonejanglesDanny ElfmanGeneral BonesapartDeep RoyMaggotEnn Reitel
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2005-yil filmlari Turkum:2005-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Musiqiy filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:Tim Burton filmlari Turkum:AQSH qora komediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Buyuk Britaniya kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar