Pierre-Louis Lions () (1956-yil 11-avgustda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1994-yil Fields medali bilan taqdirlangan. Birinchilardan boʻlib Boltzmann tenglamasini isboti bilan toʻliq yechib bergan.
Lions oʻzining Michael G. Crandall bilan birga yozilgan „Hamilton-Jacobi tenglamalarida egiluvchanlik yechimlari“ maqolasida egiluvchan yechimlar tushunchasini taklif qilgan. Bu esa qisman differensial tenglamalar sohasiga taʼsir oʻtkazdi.
Lions 1977-yil Parisdagi [Oliy normal maktab (Paris)|Oliy normal maktabni]] tamomlagan. 1979-yil Pierre va Marie Curie universitetidan PhD darajasini olgan. Lions Heriot-Watt universitetida, Narvik universiteti-kollejida, Hong-Kong shahar universitetida, Collège de France hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan.
Turkum:Fields medali sovrindorlari Turkum:Fransiya kolleji akademik xodimlari