Robert Langlands () (1936-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Langlends Langlands dasturi asoschisi oʻlaroq tanilganD Mackenzie (2000) Fermatʼs Last Theorem's First Cousin, Science 287 (5454), 792-793.. 1996-yil Wolf mukofoti, 2018-yili Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Langlands 1957-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetidan bakalavr darajasini, 1958-yilda esa magistr darajasini olgan. Shundan soʻng u Yale universitetiga oʻqishga oʻtgan va 1960-yilda PhD ilmiy darajasini olgan. Olim 1967-yilgacha Princeton universitetida va 1967—1972-yillarda Yale universitetida ishlagan. Langlandsni 1972-yilda Perspektiv tadqiqotlar institutiga professor boʻlib ishlashga taklif qilishgan va u 2007-yilda isteʼfoga chiqquniga qadar shu lavozimda ishlagan.

Olim Langlands dasturi nomi bilan maʼlum boʻlgan ilmiy ishlari va gipotezalari bilan shuhrat qozongan. Dastur gavdalantirish teoriyasi hamda avtmomorfik formalarni sonlar nazariyasidagi Galois guruhlari bilan bogʻlovchi bir necha gipoteza va natijani oʻz ichiga oladi. 2020-yiga qadar Langlands Perspektiv tadqiqotlar institutida Albert Einsteinning ofisida ishlagan. Langlands matematikadan tashqari tilshunoslikka ham qiziqadi. Fransuz, turk, nemis va rus tillarini biladi.

Manbalar

Havolalar The work of Robert Langlands (a nearly complete archive) Faculty page at IAS The Abel Prize Interview 2018 with Robert Langlands Julia Mueller, On the genesis of Robert P. Langlands' conjectures and his letter to André Weil , Bull. Amer. Math. Soc., 25-yanvar, 2018-yil

Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Kanadalik matematiklar