„Yoz harorati“, toʻliq nomi „Saylanma. Yoz harorati. 2-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning ikkinchi jildi. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, ikkinchi jild yoz fasli va boʻlalikdan keyingi umrga bagʻishlangan.

Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni, „Ikkinchi tumor“ komediyasi hamda Rasul Hamzatovning „Dogʻistonim“ asari tarjimasi kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“ hamda „Sharqiy qirgʻoq“ turkumlariga boʻlingan.

Yana qarang „Birinchi jild: Bahor tarovati“ „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ „Beshinchi jild: Bahor tarovati“ „Oltinchi jild: Erk saodati“

Manbalar

Havolalar „Yoz harorati“ Kitobim saytida „Yoz harorati“ Kitoblar dunyosi saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari