„Boychechak“ — 1984-yil chop etilgan oʻzbekcha bolalar folklori va mehnat taronalari toʻplami. Toʻplamni Oxunjon Safarov va Kamol Ochilovlar tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Ushbu toʻplamga Oktabr inqilobigacha boʻlgan boy va xilma-xil oʻzbek bolalar folklori, shuningdek, Sovet Ittifoqi davridagi bolalar ogʻzaki ijodi hamda mehnat qoʻshiqlaridan namunalar kiritilgan. Tahrir hayʼati Komil Yashin, Sarvar Azimov, Marat Nurmuhamedov, Matyoqub Qoʻshjonov, Muzayyana Alaviya, Shonazar Shoabdurahmonov, Toʻra Mirzayev, Muhammad Ali, Solih Qosimov, Bahodir Sarimsoqov, Jumaniyoz Jabborov, Yusuf Sultonovlardan iborat boʻlgan.
„Boychechak“ „Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasiga kiritilgan kitoblarning biridir. Kitob ikki qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismga bolalar folklori, ikkinchi qismga esa mehnat qoʻshiqlari kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan aytim-olqishlar adabiyotshunoslar tomonidan tahlil qilingan, boshqa asarlar bilan bir qatorda ushbu toʻplamning tahlili asosida ilmiy ish yoqlangan.
Manbalar
Havolalar „Boychechak“ Ziyouz saytida
Turkum:Oʻzbek xalq ijodi