„Love Story“ („Muhabbat hikoyasi“) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Fearless nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2008-yilning 15-sentabrida albomning asosiy singli sifatida Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni yigitning qizga turmush qurish taklifini berishi bilan yakunlanuvchi ikki qahramon oʻrtasidagi muhabbat haqida hikoya qiladi.

„Love Story“ qoʻshigʻi Avstraliya chartlarida birinchi pogʻonani egallagan hamda Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan oʻn marotaba platina sertifikati bilan taqdirlangan. AQSh, Birlashgan Qirollik, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Shotlandiya chartlarida yuqori beshtalikdan oʻrin egallagan. Billboard Hot 100 chartida toʻrtinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Swiftning shu chartning yuqori oʻntaligidan oʻrin egallagan ilk qoʻshigʻiga aylangan. Shuningdek, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan sakkiz marotaba platina sertifikati bilan taqdirlangan. Tarona AQShning oʻzida 6 milliondan oshiq nusxada, umumjahon boʻylab esa 18 milliondan oshiq nusxada sotilgan.

Qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Trey Fanjoy rejissorlik qilgan. Klipda Swift va Justin Gaston mos ravishda ilk koʻrishishdayoq bir-birlariga oshiq boʻlgan qiz va yigit rolini ijro etishgan. Klip „Yil videosi“ nominatsiyasida CMA hamda CMT mukofotlari bilan taqdirlangan.

Trek-list

Promo CD Single / Digital Download „Love Story“ — 3:57

Pop Mix Digital Download „Love Story“ (Pop Mix) — 3:53

US CD Single „Love Story“ (US Pop Mix) — 3:53 „Love Story“  — 3:57

AUS / EU CD Single „Love Story“  — 3:57 „Love Story“ (Digital Dog Radio Mix) — 3:11

UK CD Single „Love Story“  — 3:57 „Beautiful Eyes“ — 2:56 „Love Story“ (Digital Dog Radio Mix) — 3:11

UK Digital Download Remix Bundle „Love Story“ (Digital Dog Remix) — 5:58 „Love Story“ (J Stax Club Mix) — 5:28

UK Stripped Performance Single „Love Story“ (Stripped) — 3:42

GER CD Single „Love Story“  — 3:57 „Beautiful Eyes“ — 2:56 „Love Story“ (Digital Dog Radio Mix) — 3:11 „Love Story“ (Music Video) — 3:54

The Remixes Maxi-CD Single „Love Story“ (Digital Dog Remix) — 5:59 „Love Story“ (Digital Dog Radio Mix) — 3:11 „Love Story“ (Digital Dog Dub) — 5:38 „Love Story“ (J Stax Club Mix) — 5:29 „Love Story“ (J Stax Radio Mix) — 3:42 „Love Story“ (Album Version) — 3:57

Chartlar

Haftalik Chart (2008-2009)Oʻrni (Rádio Top 100 Oficiální) 4 Yevropa (European Hot 100 Singles) 10 (Japan Hot 100) 3 (Mexico Ingles Airplay) 6 (Pop 100) 3 (Pop 100 Airplay) 1

Yillik

Chart (2008) Oʻrni (Billboard Hot 100) 81 (Hot Country Songs) 55 + 2009 Chart (2009) Oʻrni (ARIA) 3 (Canadian Hot 100) 8 Yevropa (European Hot 100 Singles) 94 (SNEP) 94 (Japan Hot 100) 54 (RMNZ) 13 (Sverigetopplistan) 47 (UK Singles) 29 (Billboard Hot 100) 5 (Adult Contemporary) 2 (Adult Top 40) 11 (Mainstream Top 40) 8

Oʻn yillik + 2000-2009 Chart (2000-2009) Position (ARIA) 10 (Billboard Hot 100) 73

Hamma vaqt + 1958-2018 Chart (1958-2018) Oʻrni (Billboard Hot 100) 543

Manbalar

Havolalar

Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2008-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar