Timur Amindjanovich Ishmetov (1979-yil 10-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston moliyachisi va davlat arbobi, Oʻzbekiston respublikasi Markaziy Banki raisi, 2022-yil 30-dekabrdan buyon Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hayoti Timur Ishmetov 10-noyabr 1979-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Otasi — Ishmetov Aminjon Jabborovich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. Taʼlimi 2000-yilda Toshkent moliya institutining Moliya va kredit fakultetini tamomlaganhttps://review.uz/post/timur-ishmetov-stal-ministrom-finansov-timur-ishmetov-stal-novm-ministrom-finansov-uzbekistana-biografiya. 2005-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetining Xalqaro pul va bank sohasida magistr darajasini tamomlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/02/24/finance/. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini yurisprudensiya fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati 2000—2001-yillarda Markaziy bankning valyuta operatsiyalari maxsus boʻlimining yetakchi iqtisodchisi, 2001—2004-yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta ayirboshlash va tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/02/24/finance/, 2004—2009-yillarda Markaziy bankning Xalqaro zaxiralarni boshqarish boʻlimi boshligʻi, 2009—2010-yillarda Markaziy bankning Ichki bozor operatsiyalari departamenti direktori, 2010—2017-yillarda Markaziy bankning valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamenti direktorihttps://kun.uz/uz/news/2020/02/24/timur-ishmetov-moliya-vaziriga-aylandi, 2017-yilda qisqa muddat Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosarihttps://www.spot.uz/ru/2020/02/25/timur-ishmetov/ kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.

2020—2022-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirihttps://uzreport.news/politics/timur-ishmetov-naznachen-ministrom-finansov-uzbekistana.

2022—2024-yillarda — Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosarihttps://cbu.uz/oz/press_center/news/2011374/.

2024-yil 11- dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi.

Mukofotlari

„Mehnat shuhrati“ ordeni (2025)

Internetdagi chiqishlari

Timur Ishmetov „Ochiq byudjet“ loyihasining tashabbuskori va qoʻllab quvvatlovchilaridan hisoblanadi.

Timur Ishmetov oʻz fikrlari va chiqishlari bilan muntazam OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yilda maktablardagi „oʻlik jonlar“ haqidagi chiqishlari muhokamalarga sabab boʻlgan edi Shuningdek, UZASBO dasturi takomillashtirilishi haqida ham maʼlum qilgan.

2022-yilda parlamentdagi chiqishi chogʻida parlament deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva fuqarolarning „Tashabbusli byudjet“ loyihasiga ovoz berishlarini cheklash taklifini bildirganda, Timur Ishmetovning „Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga?“, degan munosabati muhokamalar keltirib chiqargan.

Manbalar

Turkum:Toshkent moliya instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar