Oʻktam Isayevich Barnoyev (1964-yil, Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 20-sentyabr, Germaniya) — oʻzbek davlat arbobi. Samarqand, Buxoro viloyatlari hokimi va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Biografiyasi Oʻ. I. Barnoyev 1964-yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida oʻqigan.

1986-yil Buxoro viloyat birlashgan korxonalar maʼmuriyatining texnik direktsiyasining muhandisi.

1997—2000-yillar — Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining iqtisodiyot va islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2000—2002-yillar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida rahbar.

2002—2004-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi agrosanoat kompleksining yetakchi mutaxassisi,

2004—2005-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.

2005—2007-yillar — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.

2007-yil — 2008-yil 15 aprel — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.

2008-yil 15-aprel — 2010-yil 17-dekabr — Samarqand viloyati hokimi.

2011—2016-yilar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi „Oʻzsuvnazorat“ suv inspektsiyasi boshligʻi,

2016-yildan „Oʻzagroximiya“ AJ inspektsiyasi rahbari va boshqaruv raisi.

2016-yil 16-dekabr — 2020-yil fevral — Buxoro viloyati hokimi. 2020-yil 27-fevralda Oʻ. I. Barnoevning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga koʻrib chiqildi va ma'qullandihttps://uz.sputniknews.ru/20200227/Odobrena-kandidatura-Uktama-Barnoeva-na-dolzhnost-zampremera-13552638.htmlhttps://uznews.uz/ru/article/19220/. 2020-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Bosh vazirning yangi oʻrinbosarini tasdiqladihttps://kun.uz/ru/news/2020/07/06/uktam-barnoyev-stal-rukovoditelem-federatsii-raneye-etu-doljnost-zanimal-predprinimatel. 2020-yil 6-iyuldan boshlab shuningdek, Oʻzbekistonning otchilik va ot sporti federatsiyasining raisi lavozimini egallaydihttps://rossaprimavera.ru/news/dd33bd42.

2020-yil 30-iyunda Oʻktam Barnoyevning COVID-19ga challingani maʼlum boʻldihttps://uz.sputniknews.ru/20200730/Vitse-premer-Uzbekistana-Uktam-Barnoev-bolen-COVID-19-14665172.html.

2020-yil 20-sentyabrda nemis klinikasida vafot etdihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/09/20/barnoev/.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosarlari