Bahromjon Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.
Biografiyasi Bahrom Norqobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) tugatgan.
2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2017-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrom Norqobilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladihttps://www.gazeta.uz/ru/2017/06/28/vet/. 2019-yil mart oyidan — Davlat veterinariya qoʻmitasi raisihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/01/22/cabinet/. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandihttps://president.uz/ru/3323https://mezon.io/uzbekistan/shavkat-mirziyoev-utverdil-sostav-pravitelstva/. 2020-yil 22-oktyabr — MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining raisi etib saylandi 2025-yil 10-dekabrdan Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
Manbalar
Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar