Hamidjon Xalikovich Neʼmatov — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.
Biografiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlaganhttps://centrasia.org/person2.php?st=1093926623. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandihttps://uzbeknews.livejournal.com/2552.htmlhttp://www.uzinform.com/ru/news/20100120/03154.html. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.
Mukofotlari Hamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan
Manbalar