Bahodir Sadullaevich Tojiev (tugʻ. 1958-yil 11-oktyabr, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Xorazm viloyati fermerlari kengashining raisi, senator(2015).

Boigrafiyasi Bahodir Tojiev 1958-yil 11-oktyabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini muhandis-gidrologik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Hozir u Xorazm viloyati dehqonlar kengashi raisi, OʻzLiDeP partiyasining Xorazm viloyati kengashi raisihttps://anons.uz/article/society/13703/, Xorazm viloyati Kengashi deputati lavozimlarida ishlaydi.

2015-yil 13-14-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Senat saylovlari natijalariga koʻra Bahodir Tojiev Xorazm viloyatidan senator etib saylandi va Senatning Suvni boshqarish va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosarihttps://www.gazeta.uz/ru/2015/01/16/senators/.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari