Abdullaev Ilhom Zairovich (tugʻ. 1965-yil 18-may, Turkmaniston Respublikasi) – matematik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi Abdullaev Ilhom 1965-yil 18-mayda Turkmaniston Respublikasida tugʻilgan. 1985-yilda Turkmaniston davlat pedagogika institutini tugatgan. U oʻzbek, ingliz va rus tillarida gaplashadi. Bitirgandan soʻng, u oʻz ixtisosligi boʻyicha ishladi – matematika oʻqituvchisi. Birozdan keyin u fizika-matematika fanlari nomzodi va siyosiy fanlar doktori unvonlarini oldi. 2010-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasiga aʼzo boʻldi. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasining aʼzosi.
Mukofotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi sessiyasi doirasida senat raisi Tanzila Norboyeva „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ mukofotini topshirdihttps://lex.uz/docs/5113043.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar