Oʻzbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi agentlik. 2021-yil 25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlik tarkibiga kiruvchi muassasalar „Saxovat“ va „Muruvvat“ internat uylari; Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi; nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari; urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar; Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari; Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi; Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari „Saxovat“ va „Muruvvat“ internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi; Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Oʻzbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.