Sputnik V (; [sunʼiy yoʻldosh vi], V  — gʻalaba); savdo nomi „Gam-COVID-Vak“, () jahonda birinchi COVID-19 profilaktikasi uchun roʻyxatga olingan kombinatsiyalashgan vektorli vaksinadir. Vaksina N. F. Gamaleya Federal Research Center for Epidemiology & Microbiology () tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda „Sputnik V“ vaksinasi Rossiyada uch bosqichli klinik sinovlardan oʻtkazilgan holda 2021-yil 11-fevraldan uni Oʻzbekistonda roʻyxatga olish ishlari boshlandi va sertifikatsiyalashga tavsiya etildi. 2021-yil 28-may kuni Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Oʻzbekiston rasmiylari bilan „Sputnik V“ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv amalga oshirilganini maʼlum qildi. Kelishuvga koʻra vaksina Oʻzbekistondagi „Jurabek Laboratories“ firmasida ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda Sputnik V'ning bitta kapsulasi ikki kishiga emlanayotgani haqida xabar berilgach, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi izoh berishicha, avval Oʻzbekistonga olib kelingan Sputnik V vaksinasining birinchi va ikkinchi partiyalari faqat bir kishiga moʻljallangan dozada kelgan, keyingi partiyada eda dozalar ikki kishiga moʻljallangan. 2021-yilning iyul oyida Olmaliq shahridagi „Jurabek Laboratories“ fabrikasida Sputnik V vaksinasi ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etilmaydigan holatlar „Sputnik V“ vaksinasi bilan emlanish homiladorlarda, emizikli onalarga, gripp va shamollashning oʻtkir davrini boshidan kechirayotgan insonlarga, OIV infeksiyasiga va autoimmun kasalliklarga chalinganlarga, vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi boʻlgan odamlarga tavsiya etilmaydi.

Manbalar

Turkum:Virusga qarshi preparatlar Turkum:COVID-19 vaksinalari