Zoom — Zoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferesiyalar uyushtirish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari bor. U bepul akkauntlar uchun eng koʻpi 100 kishini qoʻshish mumkin boʻlgan vaqt rejimi 40 daqiqagacha chegaralangan videotelefoniya servisini taqdim etadi. Foydalanuvchilar pullik tariflardan birini tanlagan holda 500 kishigacha qoʻshish imkonini beruvchi va cheklanmagan vaqtga ega boʻlgan videokonferensiyalarni uyushtirishlari mumkin. 2020-yilgi pandemiya vaqtida masofadan ishlovchilar va masofadan taʼlim oluvchilar va internet orqali jamoaviy suhbatlar uyushtiruvchilar soni oshgani sababli Zoom dasturi dunyo boʻylab ancha ommalashdi. Jarimaga tortilishingiz mumkun 2021-yilda Zoom platformasi pullik obunachilarining shaxsiy maʼlumotlarini Facebook, Google va LinkedIn platformalari bilan boʻlishganlikda ayblanib, sud tomonidan Zoom Video Communications kompaniyasi 85 million AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Zoom (dastur) · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.