„We Are Never Ever Getting Back Together“ — amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Red (2012) nomli beshinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2012-yilning 13-avgustida albomning asosiy singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq soʻzlarini Max Martin va Shellback bilan birgalikda yozgan. Qoʻshiq matnida Swiftning munosabatlarni qayta tiklamoqchi boʻlgan sobiq yoridan koʻngli qolgani haqida soʻz boradi.

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Tarona 2012-yilning eng sara qoʻshiqlarini aniqlash maqsadida Rolling Stone, Time va The Village Voice nashrlari tomonidan tuzilgan roʻyxatlarda mos ravishda ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi oʻrinlarni egallagan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ Kanada va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Isroil va Yaponiya chartlarida esa yuqori beshlik safidan oʻrin egallagan. Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan, Hot Country Songs chartida esa ketma-ket toʻqqiz hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Bundan tashqari, ashula Avstraliya, AQSh, Yangi Zelandiya va Yaponiya mamlakatlarida platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun klip ham ishlangan boʻlib, unga Declan Whitebloom rejissorlik qilgan. Klip 2012-yilning 30-avgustida omma eʼtiboriga havola etilgan. 2021-yilning sentabr holatiga koʻra, qoʻshiq klipi YouTubeda 674 million marta koʻrilgan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ koʻplab yutuqlarga, jumladan, „Eng sara country [janridagi] qoʻshiq“ () nominatsiyasida Billboard Music Award bilan taqdirlangan, „Yil yozuvi“ () nominatsiyasida Grammy, „Eng yaxshi musiqiy video“ () nominatsiyasida CMT Music Award hamda „Sevimli qoʻshiq“ () nominatsiyasida People's Choice Awardga nomzod boʻlgan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ning qayta kuylangan versiyasi Swiftning 2021-yilda eʼlon qilingan Red (Taylor's Version) albomiga kiritilgan.

thumb|upright|right|Swift „We Are Never Ever Getting Back Together“ qoʻshigʻini ijro etmoqda (Red Tour, 2013).

Jamoa

Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis, produser Max Martin — produser, qoʻshiqnavis, klavishalar Shellback — produser, qoʻshiqnavis, gitara, bas, klavishalar, programmalash Tom Coyne — mastering Eric Eylands — ovozni yozib olish Serban Ghenea — miksing John Hanes — injener Sam Holland — ovozni yozib olish Michael Ilbert — ovozni yozib olish Tim Roberts — injener yordamchisi

Chartlar Haftalik Chart (2012—2015)Oʻrni (Honduras Top 50) 21 (FIMI) 44 (Mexico Ingles Airplay)„Mexico Ingles Airplay“. Billboard. 15 (Gaon) 52 (South Korea International Singles) 2 (Venezuela Pop Rock) 3 Manbalar

Havolalar

Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:2012-yil singllari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar