thumb|Lab balzamlari

Lab balzami shamoldan qurib qolgan yoki yorilgan lablarni yumshatish hamda gerpesni davolash uchun qoʻllaniladigan vositadir. Lablar uchun balsam tarkibida koʻpincha asal mumi yoki karnauba mumi, kamfora, lanolin, parafin, vazelin va boshqalar boʻladi.

2019-yilda lab balzamlarining dunyo bozoridagi hajmi 660 million dollarni tashkil etdi. Kelgusi besh yil ichida bozor 7,3 % ga oʻsishi prognoz qilinmoqda va 2024-yilda 1010 million dollarga etadi.

Turlari Mahsulot tarkibiga kiruvchi komponentlarga qarab, lablar uchun balzamning turli xil koʻrinishlari mavjud: Lablar uchun UV filtrli balzam. Yozda yoki quyosh faolligi yuqori boʻlgan joylarda (masalan, changʻi kurortlarida) foydalanish kerak. Oziqlantiruvchi lab balzami. Undan qishda foydalangan maʼqul. Namlantiruvchi lab balzami. Qishda uni qoʻllash lablaringizning yorilishiga olib kelishi mumkin, chunki balzam juda tez soʻriladi. Shifobahsh lab balzami. Bu yumshatuvchi va antiseptik taʼsirga ega. Tarkibida tabiiy yogʻlar boʻlgan lab balzami. Bunday mahsulotning tarkibida kunjut moyi, babassu yogʻi, E va A vitaminlari boʻlishi mumkin, ular lablarning qurishini va yorilishini oldini oladi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi Lab balzamini ishlab chiqarish bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Xom ashyoni sifat koʻrsatkichlari boʻyicha tekshirish (kosmetika uchun qatʼiy xavfsizlik parametrlari oʻrnatiladi) Komponentlarni dozalash, eritish, aralashtirish (maxsus jihozlar va shartlar yordamida) Massani vakuumda qayta ishlash (pufakchalardan xalos qilish) Aralashmaning kristallanishi (ikki kun ichida sodir boʻladi) Erish Shakllantirish (balzamning umumiy massasini boʻlaklarga boʻlish, ularga kerakli shaklni berish) Qadoqlash (mahsulotni qutiga joylashtirish)

Manbalar

Turkum:Moda