Shayboniylar daxmasi — oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi. Shayboniylar oʻzbek sulolasi vakillari dafn etilgan daxma — marmar sufa. XVI asrda bunyod etilgan. Daxmai shohondagi Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan 6 ta daxmadan biri. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlogʻidagi Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan.
Manbalar
Adabiyot
Turkum:Buxoro meʼmoriy yodgorliklari