Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova (1999-yil 3-iyul, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida bronza medali sohibasi. Shuningdek, Paralimpiya chempioni.

Tarjimayi holi Asila 1999-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. 15 yoshiga qadar u mutlaq koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan va musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Boshidan olgan jarohatdan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan va keyinchalik sport bilan shugʻullana boshlagan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) tahsil olgane.

2021-yilda Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan.

Faoliyati 2016-yildan murabbiy Sardor Abduxoliqov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha yili paraatletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi Para-Osiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda 4,47 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) 4,44 metr natija bilan yettinchi oʻrinni egallaganhttps://www.paralympic.org/static/info/resATDU19/pdf/ATDU19/AT/ATDU19_AT_C73P_ATWL11100.pdf.

2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida uzunlikka sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida T11 toifasida uzunlikka sakrash bahslarida 4,91 metrga sakrab, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yilda Parij shahrida Para yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida uzunlikka sakrash T11 boʻyicha ayollar oʻrtasida 5,13 metrga sakrash bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natija bilan Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

2024-yilgi Parij Paralipiadasida uzunlikka sakrash bahsida 5,24 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Mukofotlari Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2021-yil) „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2024-yil)

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari