Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya (; asl tarjimasi „Transylvania mehmonxonasi: Transformaniya“) 2022-yili ekranlarga chiqarilgan maxluqotlar haqidagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Columbia Pictures va Sony Pictures Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Amazon Studios tomonidan tarqatilgandir. Maxluqlar taʼtilda franshizasining toʻrtinchi va oxirgi qismi boʻlgan bu film "Maxluqlar taʼtilda 3: Dengiz chorlamoqda" (2018) filmi davomidir. Film rejissorlari Jennifer Kluska va Derek Drymon, ssenariy mualliflari esa Amos Vernon, Nunzio Randazzo va Genndy Tartakovskydir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Andy Samberg, Selena Gomez, Kathryn Hahn, Jim Gaffigan, Steve Buscemi, Molly Shannon, David Spade, Keegan-Michael Key, Brian Hull, Fran Drescher, Brad Abrell va Asher Blinkoff kirishadi.

Filmni dastlab AQSh kinoteatrlarida 2021-yilning 1-oktabridan namoyish etish rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Sony Pictures Releasing shirkati film premyerasini bekor qildi va filmni tarqatish huquqini Amazon Studiosga $100 million evaziga sotgan. Film 2022-yilning 14-yanvarida "Amazon Prime Video" platformasi orqali yoyinlandi.

Ovoz berganlar Brian Hull — Dracula Selena Gomez — Mavis Andy Samberg — Johnny Asher Blinkoff — Dennis Brad Abrell — Frankenstein Kathryn Hahn — Ericka van Helsing Keegan-Michael Key — Murray Steve Buscemi — Wayne Jim Gaffigan — Abraham van Helsing Zoe Berri — Winnie David Spade — Griffin Genndy Tartakovsky — Blobby Molly Shannon — Wanda

Tanqid Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya haqida 74 ta maqola yigʻilib, ulardan 51 foizi (5.20/10) filmni ijobiy baholaydi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2022-yil filmlari Turkum:2022-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:2022-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Sony Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Derek Drymon filmlari Turkum:2022-yil kinokomediyalari