Karla Camila Cabello Estrabao (; 3-mart 1997-yilda tugʻilgan) asli kubalik boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. U 2012-yilda The X Factor USA teleshousida tashkil etilgan Fifth Harmony nomli qizlardan iborat guruh aʼzosi oʻlaroq shuhrat qozonib, Syco Music va Epic Records studiyalari bilan shartnoma imzoladi. Fifth Harmony guruhi aʼzosi boʻlgan paytda, Cabello Shawn Mendes bilan birga ijro etgan „I Know What You Did Last Summer“ va Machine Gun Kelly bilan birga ijro etgan „Bad Things“ singllarini chiqarib, yakkaxon artist sifatida karyerasini boshladi. Yuqoridagi ikki singldan ikkinchisi Billboard Hot 100 chartida toʻrtinchi pogʻonadan oʻrin ham oldi. Cabello 2016-yilning oxirlarida guruhni tark etib, koʻplab ashulalarni, jumladan Pitbull bilan birga ijro etgan „Hey Ma“, J Balvin bilan birga ijro etgan Forsaj 8 filmi uchun soundtrack (2017) hamda ilk solo singli boʻlmish „Crying in the Club“ ashulalarini ommaga havola etdi.
Cabelloning ilk studiyaviy albomi Camila (2018) boʻlib, Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallab, choʻqqiga erishdi. Albom musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilanib, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan platina sertifikatini qoʻlga kiritdi. Albomning yetakchi singli boʻlmish „Havana“ ashulasi AQSh va Birlashgan Qirollik kabi bir qancha mamlakatlar musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi. Albomdagi „Never Be the Same“ singli ham koʻplab davlatlar chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Cabelloning 2019-yilda chiqarilgan „Señorita“ (Mendes bilan duet) ashulasi uning Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan ikkinchi singli boʻldi. Ikkinchi studiyaviy albomi — Romance (2019) Billboard 200 chartida uchinchi, Kanadada esa birinchi oʻrinni band etdi. U aktrisa sifatida ham oʻzini sinab koʻrdi, jumladan 2021-yilda tasvirga olingan Cinderella filmida bosh (titular) rolni ijro etdi. Cabelloning uchinchi studiyaviy albomi Familia boʻlib, 2022-yilda chiqarilishi kutilmoqda. Albomning yetakchi singli boʻlmish „Donʼt Go Yet“ 2021-yilning iyulida albom nomi bilan birga ommaga taqdim etildi.
Xalqaro fonografiya sanoati federatsiyasi koʻra, Cabello musiqiy platformalarda milliardlab streamlar toʻplagan boʻlib, uning „Havana“ ashulasi 2018-yilning eng koʻp sotilgan raqamli singli boʻldi. Cabello koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Latin Grammy Awards, besh marta American Music Awards va bir marta Billboard Music Awardga sazovor boʻlgan. 2021-yilning oktyabrida „Havana“ olmos sertifikatni qoʻlga kiritib, buning ortidan Cabello ushbu sertifikatni olgan ilk hispanik ayol boʻldi.
Diskografiyasi
; Studiyaviy albomlar 2018 — Camila 2019 — Romance 2022 — Familia; Singllar 2015 — „I Know What You Did Last Summer“ (Shawn Mendes bilan) 2016 — „Bad Things“ (Machine Gun Kelly bilan) 2017 — „Crying in the Club“ 2017 — „Havana“ (Young Thug bilan) 2017 — „Havana (Remix)“ (Daddy Yankee bilan) 2018 — „Never Be the Same“ (solo) 2018 — „Never Be the Same“ (Kane Brown bilan) 2018 — „Sangria Wine“ (Pharrell Williams bilan) 2018 — „Real Friends“ (Swae Lee bilan) 2018 — „Consequences“ 2019 — „Mi Persona Favorita“ (Alejandro Sanz bilan) 2019 — „Señorita“ (Shawn Mendes bilan) 2019 — „Liar“ 2019 — „Shameless“ 2019 — „Cry for Me“ 2019 — „Easy“ 2019 — „Living Proof“ 2020 — „My Oh My“ (DaBaby bilan) 2017 — „Love Incredible“ (Cashmere Cat bilan) 2017 — „Hey Ma“ (Pitbull & J Balvin bilan) 2017 — „Know No Better“ (Major Lazer bilan, Travis Scott & Quavo) 2017 — „Almost Like Praying“ (Artists for Puerto Rico bilan) 2018 — „Beautiful“ (Bazzi bilan) 2019 — „Find U Again“ (Mark Ronson bilan) 2019 — „South of the Border“ (Ed Sheeran bilan & Cardi B)
; Promosingllar 2017 — „I Have Questions“ 2017 — „OMG“ (Quavo bilan) 2017 — „Real Friends“ (solo)
Turnelari thumb|upright|Cabello 2013-yilda (Tampa, Florida, AQSh)
Never Be the Same Tour (2018) Bruno Mars — 24K Magic World Tour (2017) Taylor Swift — Reputation Stadium Tour (2018) Coldplay — Music of the Spheres World Tour (2022).
Filmografiyasi
Kino Yil Nom Rol Izohlar 2015 Taylor Swift: The 1989 World Tour Live Oʻzi Konsert film 2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour Oʻzi Konsert film2020Shawn Mendes: In WonderOʻziHujjatli film 2021 Cinderella CinderellaMusical film
Televideniye Yil Nom Rol Izohlar 2012-2013 The X Factor Oʻzi Qatnashchi: 2-mavsumMehmon: 3-mavsum 1-qism 2014 Faking It Oʻzi Qism: „The Ecstasy and the Agony“ 2015 Barbie: Life in the Dreamhouse Oʻzi Qism: „Sisters' Fun Day“ 2016 The Ride Oʻzi Qism: „Fifth Harmony“ 2017 One Love Manchester Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm 2018 Dancing on Ice Oʻzi Mehmon: 1-qism 2019 Saturday Night Live Oʻzi Mehmon: 45-mavsum 3-qism 2019 The Kacey Musgraves Christmas Show Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm 2020 Saturday Night Takeaway Oʻzi Mehmon: 16-mavsum 1-qism 2020 iHeart Living Room Concert for America Oʻzi Konsert film 2020 One World: Together at Home Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm 2021 The Voice Oʻzi Team Legend Battle Round Advisor
Web Yil Nom Rol Izohlar 2018 Camila Cabello: Made in Miami Oʻzi Qisqa hajmli hujjatli film 2018 King of the Golden Sun Addison Jones 2 qism 2020 Dear Class of 2020 Oʻzi Web teleserial 2020 Priceless Experiences at Home Oʻzi 2 qism
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar