Diyor – Oʻzbekistonning universal mazmundagi umummilliy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Telekanal 2013-yil 16-dekabrda efirga uzatishni boshlagan, 2017-yil 24-iyulda faoliyati tugatilgan. Diyor telekanalining bazasi va chastotasida 2017-yilning 24-iyulida Oʻzbekiston 24 telekanali faoliyat boshlagan. Tavsifi Diyor telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida uzatgan, shuningdek, ayrim koʻrsatuvlar qoraqalpoq, rus va Oʻzbekistonda yashovchi boshqa millatlar tillarida efirga uzatilgan. Telekanal efirini asosan Oʻzbekiston MTRKga qarashli viloyatlar telekanallaridan saralab olingan dasturlar tashkil etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari