Botir Zokirov (1963-yil 28-iyulda tugʻilgan) — Oʻzbekiston qurilish vaziri (2019—2024), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari boʻyicha majmua rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2011-2018). 2008 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi"Новый состав правительства РУз"/Ислам Каримов подписал указ об утверждении нового состава Кабинета Министров..
Tarjimai hol Botir Irkinovich Zokirov 1963-yil 28-iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Ta'lim Toshkent politexnika institutini (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati 1980-yilda Toshkent asbob-uskuna ishlab chiqarish zavodida ish faoliyatini boshlagan. 1985—1990-yillarda Montaj va maxsus ishlar boʻyicha Vazirlik huzuridagi “Toshsantexmontaj” trestida ishlagan. 1990-yilda “Boshtoshqurilish” uyushmasining “12-trest”iga ishga oʻtib, u yerda ustalikdan boshqaruv raisi lavozimigacha koʻtarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. 2018-yilda Davlat qoʻmitasi Qurilish vazirligiga aylantirildi va Zokirov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 2019-yilda fevral oyida Zokirov Qurilish vaziri etib tayinlandi.
2012-yildan Botir Zokirov Erkinovich Oʻzbekiston ogʻir atletika Federatsiyasi prezidenti hisoblanadiФедерации тяжёлой атлетики УзбекистанаПерсональный состав Кабинета Министров.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston qurilish vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar