Hakim Karimovich Zaripov (1924-yil 17-sentyabr Toshkent — 2023-yil 18-yanvar) — oʻzbek-sovet sirk artisti, otliq-chavandoz, ot oʻrgatuvchi. 1980-yilda SSR xalq artisti boʻlgan.
Tarjimai hol Hakim Zaripov 1924-yil 17-sentyabr Toshkentda Karim Zaripov oilasidaDinastiya Zaripovix circuscollege.uz sirk artistlari sulolasi asoschisi xonadonida dunyoga kelgan.
1938-yil otasi Karim Zaripov boshchiligidagi „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblida sirkdagi faoliyatini otliq-chavandoz sifatida boshlagan. 1952-yildan 2006-yilgacha ana shu ansamblni boshqardi. Mazkur ansambl bilan Rossiyaning koʻpgina shaharlari va chet mamlakatlarida: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlandiyada xizmat safarlarida boʻlgan.
Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini, (Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi) keyinchalik Toshkent konservatoriyasi (ayni kunda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik boʻlimini) tamomladi.
U sirk jamoalari, dasturlari, turli sirklarning badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, yangi sirk qurilishi loyihalari hammuallifi sanaladi.
Koʻplab sirk artistlarini tayyorlagan. „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblini qayta tuzdi va u yerda shogirdlariga otlarni oʻrgatish va chavondozlik sirlarini oʻrgatdi. Shu paytgacha koʻpgina sirk artistlariga oʻrgatgan, ustozlik qilgandiZaripov, Xakim Karimovich Tass.ru.
Zaripov 2023-yil 18-yanvarda 99 yoshida vafot etdi.
Sulola vakillari
Otasi — Karim Zaripov (Karim Qiziq 1883 — 1960) sulola asoschisi, 1902- yilda „kauchuk“dan boshlagan, oradan biroz vaqt oʻtgach, havo gimnastikasi, masxaraboz, ot oʻrgatuvchisi, otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSR xalq artisti. Onasi — Muborak Zaripova (1906 — 1992), birinchi oʻzbek masxaraboz ayoli, ot oʻrgatuvchi, otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1965). Turmush oʻrtogʻi — Nina Dimitriyevna Zaripova (1924—2018), balerinachi, otliq-chavandoz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1965). Qizi — Gavhar Zaripova (1949-yilda tugʻilgan) otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980). Oʻgʻli — Anvar Zaripov 1956-yilda tugʻilgan, otliq-chavandoz, 2006-yildan buyon „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansambli jamoasi rahbari. Nabirasi — Karima Zaripova 1982-yil tugʻilgan „kauchuk“ janridagi sirk artisti, xalqaro mukofotlar sovrindori. Nabirasi — Erkin (Igor) Zaripov 1983-yil tugʻilgan, belbogʻli havo gimnasti, xalqaro mukofot va rekordlar sohibi, 2003-yildan buyon Dyu Soleyning „KA“, „Zumaniti“ va „Maykl Jekson“ sirk shoularida yakkaxon ijrochi sifatida faoliyat olib boradi. Singlisi — Soyuza (Xolida) Zaripova (1927 — 2006), otliq-chavandoz (grotesk), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1955). Singlisining turmush oʻrtogʻi — Sharifboyev Faxriddin Raximerdiyevich (1928—1997) otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1969). Jiyani — Zaripova Karima Faxritdinovna 1960-yil tugʻilgan, otliq-chavandoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2000). Jiyani — Zaripov Ulugʻbek Faxritdinovich 1968-yil tugʻilgan, otliq-chavandoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2004).
Mukofot va unvonlar
Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1954) Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1964) SSR xalq artisti (1980)Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 14 fevralya 1980 goda № 1557—X "O prisvoenii pochyotnogo zvaniya „Narodniy artist SSSR“ tt. Zaripovu X. K., Olxovikovu N. L. i Oskal-oolu V. B." // „Vedomosti Verxovnogo Soveta Soyuza Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik“. — № 8 (2030) ot 20 fevralya 1980 goda. — St.145. Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi — koʻp yillik samarali mehnati, respublika sirkini rivojlantirishdagi xizmatlari va jamoa ishidagi faol ishtiroki uchun 12 ta turli ittifoq respublikalari Oliy Kengashlarining faxriy yorliqlari Unvonlar Medallar
Aktyorlik ishi
1955-yil — Nesterka — epizod 1956-yil — Dohunda — epizod 1957-yil — Choʻldagi voqea 1961-yil — „Muhabbat haqida qissa“- epizod 1967-yil — Sovet sirki amerikalik Diana Shoor bilan 1978-yil — Chavandoz Zaripovlar 1979-yil — Havo piyodalari — otliq-chavandoz Tirik Afsona va Nurota qadamjolari (Hujjatli film)XAKIM ZARIPOV Kino-teatr.ru.
Havolar
Turkum:Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:17-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:SSSR xalq artistlari Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston pedagoglari Turkum:Oʻzbekiston konservatoriyasi bitiruvchilari