Pikey () — 2014-yilda rejissyor Rajkumar Xirani tomonidan hind tilida suratga olingan ilmiy-fantastik va komedik film. Film yer sayyorasida diniy qarama-qarshiliklar ichida qolgan oʻzga sayyoralik haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Amir Xon, boshqa rollarni esa Anushka Sharma, Boman Irani va Sanjay Duttlar ijro etishgan.
Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilingan. Shuningdek, u butun dunyo boʻylab 7 milliard rupiydan ortiq daromad keltirdi va bu Hindistonning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylanishi uchun yetarli boʻldi hamda film ijodkorlarining ikkita kino aktyor mukofotini ham qoʻlga kiritishlariga sabab boʻlgan.
Syujeti "Rajastan" shtatiga odam qiyofasidagi oʻzga sayyoralik yerda tadqiqot olib borish uchun o'z kemasida uchib keladi. Biroq u birinchi uchratgan yer odami uning uyga qaytishi uchun zarur boʻlgan kema kalitini oʻgʻirlab ketadi. Shunday qilib, u uyiga qaytib ketish uchun kerakli boʻlgan asbobni qidirishni boshlaydi va shaharda turli odamlarga duch keladi. U odamlarning turli xil urf-odatlari va eʼtiqodlaridan chalkashib qoladi, ammo asta-sekinlik bilan ularga moslasha boshlaydi. Yerliklar haqida yaxshi maʼlumotga ega boʻlmagan Pikey bir qizni uchratib qoladi, ular doʻst tutinadilar. Qiz Pikey yoʻqotgan narsani topishda yordam beradi. Film oxirida Pikey maxsus asbobini topib uni qaytarib olgach, oʻz sayyorasiga qaytib ketadi.
Havolalar
Turkum:Hindiston filmlari Turkum:2014-yil filmlari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Hindiston kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar