Pishirilgan olmalar – olmadan tayyorlangan shirin yegulik. Bolalar taomnomasi va parhez uchun qoʻllanadi.

Olma urugʻlaridan tozalangan holatda patnisga terib, gaz pechida pishiriladi. Rus oshxonasida olmaning urugʻi olib tashlangan oʻrta qismiga shakar sepiladi, maydalangan yongʻoq, tuxum sarigʻi va shakar aralashmasi yoki murabbo bilan, Germaniyada apelsin murabbosi, sukatlar, mayiz va rom bilan toʻldiriladi. Pishirilgan olmalarning ustki qismiga shakar kukuniga sepiladi yoki shakarli sirop, asal, koʻpirtirilgan qaymoq, vanilli sous bilan bezatilgan holda maxsus kremanka idishlarida stolga tortiladi. Olma xamirga oʻrab pishirilishi ham mumkin. Pishirilgan olmalar asosiy taom sifatida qiyma bilan toʻldiriladi yoki taomga garnir sifatida shakarsiz holda qoʻshib beriladi.

Germaniyada shakar va dolchinli olmalar ( — „pishirilgan olma“) qishda, ayniqsa Rojdestvodan oldin juda ommalashib ketadi, ular Rojdestvo bozorlaridagi anʼanaviy shirinliklardan biri hisoblanadi. Barcha nemislar F. Kyogelning 1901-yilda bolalar uchun yozilgan „Pishirilgan olma“ sheʼri soʻzlarini yaxshi bilishadi, janubiy nemis lahjasida u klassika sifatida tan olinganDer Stern: Рождественское сладкое блюдо: домашние печёные яблоки под ванильным соусом .

„Bayram oldidan“ hikoyasida Teffi nemis bolalar kitobidan foydalanib, rus va nemis gastronomik madaniyati oʻrtasidagi farqni koʻrsatib beradi: quloqsiz nemis bolakayi Genrix kechki ovqatsiz qolgani, „opa-singillari va aka-ukalari mol goʻshtidan mazali qayla tanovul qilganlarida, Genrix pishilgan olma hamda bir finjon shokolad“ bilan jazolangani, rus bolalari esa bunday jazoni baxt deb hisoblashlari aytiladi"Predprazdnichnoe"%20(Teffi) Vikiteka.

Manbalar

Adabiyotlar

Erhard Gorys. Bratäpfel // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 76. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9. Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum: meva pishiriqlar

Turkum:Rojdestvo pishiriqlar Turkum: nemis pishiriqlar Turkum:rus oshxonasi