Karamanoğulları bekligi (, ) — Koʻniya sultonligi parchalanishidan oldin, Onadoʻlida Nureddin Bey tarafidan tamal toshi qoʻyilgan va 1250-yilda Karaman Bey tarafidan asos solingan turk-islom bekligi. Karamanoğlu Mehmed Bey davrida turk tili beklikning rasmiy tili deb eʼlon qilingan boʻlsa-da, keyinchalik fors tili davlat tili maqomini oladi. Tarixchilar tarafidan ushbu beklik XIII asrning Onadoʻlidagi eng kuchli bekligi sifatida qabul qilinadi. Shu sababli Usmonli bekligi dastlab Karamanoğullarıdan ancha uzoq turgan va yaxshi aloqalar oʻrnatgan. Keyinchalik Usmonli bekligi yetarlicha kuch va qoʻshin yi’gʻib olgandan soʻng, Karamanoğullarıni oʻziga boʻysundirgan. Karamanoğulları turklarning Salur qabilasiga oid beklar hisoblanganMesut Koman, Konya Halkevi Kültür Dergisi (Mecmuası), Konya, 1936, Sayı: 2, Sayfa: 123TÜRKMEN BOYLARININ GEÇMİŞİ, YAYILIŞI, BUGÜNKÜ DURUMU VE GELECEĞİ, Prof. Dr. Soltanğa ATANİYAZOV, Sayfa 23-24. Beklikning aholisi asosan Salur va Afshar qabilasidan boʻlgan. Tarix Karamanoğullarıning ota-bobolari dastlab Kaspiy dengizi boʻylarida, hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Ozarbayjon hududlarida yashagan. Beklikning asoschisi Karaman Beyning bobosi Hoca Saadettin Sivasga koʻchib keladi. Ushbu beklikning aholisi asosan oʻgʻuzlarning salur qabilasidan tashkil topgan. Afshar qalila vakillari ham keyinchalik bugungi Eron va Suriya hududidan Adana va tutash hududlariga koʻchib borgan. XIII asr oʻrtalarida Nureddin Beyning oʻgʻli Karaman Bey Kilikya hududlarida katta kuch va qudratga ega boʻla boshladi. Shu sababli Koʻniya sultoni Alouddin Kayqubod Karaman Beyni markazi Ermenek boʻlgan beklikka bek sifatida tayinladiClaude Cahen, Pre-Ottoman Turkey: a general survey of the material and spiritual culture and history c. 1071-1330, trans. J. Jones-Williams (New York: Taplinger, 1968), 281-2..

Usmonlilar Bolqon yarim orolida fath bilan mashgʻul boʻlgan vaqtda, Karamanoğulları usmonlilarga oid boʻlgan Beyşehirni bosib oldi. Shu sababdan usmonlilar Koʻniya ustiga hujum qildi. Soʻngra ikki davlat oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va Boyazid II hukmronligi davriga qadar amal qildi. thumb|left|1300-yillarda Onadoʻli bekliklari 1403-yilda Amir Temur Onadoʻliga qilgan harbiy safari vaqtida Karamanoğulları oʻziga qarshi hujum qilmasligi uchun beklik taxtini Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey IIga taqdim etdi. Bu holat Temuriylar imperiyasi bilan urush olib borgan Usmonlilar imperiyasi bilan Karamanoğulları oʻrtasidagi hokimiyat kurashini Karamanoğulları foydasiga hal qildi va beklik Usmonlilar himoyasidagi yerlarni tortib olishni boshladi. Karamanoğulları Bursa shahrini qamal qildilar va shaharni egallay olmadilar. Lekin Usmonlilar imperiyasining poytaxti boʻlgan bu shaharni taladilar.

Usmonlilar imperiyasi sultoni Murod II 1443-1444-yillar oraligʻida Bolqon yarim orolida Varna jangini olib borayotganini fursat bilgan Karamanoğulları Usmonlilarga tegishli boʻlgan Anqara va Kütahyani bosib oldi. Varna jangidan gʻalaba bilan qaytga Murod II Karaman ustiga yurish qildi va shaharlarni qaytarib oldi. İbrahim Beyning vafotidan soʻng, beklik İshak Bey bilan Pîr Ahmed oʻrtasida ikkiga boʻlinib idora etildi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay İshak Bey Oq qoʻyunlilar hukmdori Uzun Hasanning yordami bilan Pîr Ahmed ustiga yurish qildi. Pîr Ahmed Usmonli sultoni Mehmed II Fotihdan yordam soʻrashga majbur boʻldi. 1465-yilda Mehmed II Fotihning yordami bilan İshak Beyni yengan Pir Ahmed beklikning qolgan qismini ham oʻz qoʻli ostida birlashtirdi. Uzun Hasanning yoniga qochib borgan İshak Bey esa bir yil keyin 1466-yil sentabrda vafot etdi. Karamanoğulları bekligini butunlay tugatish niyatida boʻlgan Mehmed II Fotih bir necha harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Usmonlilar qoʻshini 1468-yilda avval Gevaleni, soʻngra Koʻniyani egalladi. Zabt etilgan hududlar shahzoda Mustafoga voshqarish uchun berildi. Pîr Ahmed oʻz mustaqilligini saqlab qolish uchun kurashini davom ettirdi. Biroq, Oq qoʻyunlilar tahdidi bartaraf etilgandan soʻng, Karamanoʻgʻullari qoʻlida qolgan togʻli hududlar, Nigʻde va Develi va İçel qirgʻoqlariga 1474-yilda uyushtirilgan Usmonli harbiy hujumlari muvaffaqiyatli yakunlandi va Karaman bekligi toʻliq nazoratga olindi.

Kasım Beyning 1484-yilda oʻlimidan soʻng, taxtga İbrahim Beyning nabirasi Turgutoğlu Mahmud Beyni chiqarishdi. Ammo u 1487-yilda boʻlib oʻtgan Usmonli-mamluk urushlarida mamluklar tarafida turganligi sababli unga qarshi Usmonlilar katta qoʻshin yubordi. Turgutoğlu Mahmud Bey qoʻrqib, Halabga qochib ketdi. Ushbu voqeadan soʻng, 1487-yilda rasman Karamanoğulları bekligi tugatildi. 1500-1501-yillarda Usmonli viloyat kotibi jangchilarning daromadini kamaytirgani uchun Karamanli sipohiylar isyon koʻtarib, Eronda yashagan Kasım Beyning jiyani Mustafoni oʻzlarining begi deb eʼlon qildilar, ammo Mustafo bey Usmonli qoʻshinlariga qarshilik koʻrsata olmay Misrga qochib ketdi va 1513-yilda u yerda vafot etdi.

Karamanoğulları arxitekturasi Karamanoğulları tomonidan qurilgan 66 ta masjid, 8 ta hammom, 2 ta karvonsaroy va 3 ta madrasa bugungi kungacha saqlanib qolgan. Karamanoğulları arxitekturasining mashhur namunalari: Tol Medrese (Ermenek) (1339) Hasbey Medresesi (1241) Şerafettin Camisi (13. yüzyıl) İçeriçumra Karamanoğlu İbrahim Bey Camii (Cami-i Kebir) (1252) İnce Minare (Dar-ül Hadis) Medresesi (1258-1279) Hatuniye Medresesi Zinciriye Medresesi Aksaray Karamanoğlu Camisi (Ulu Camii)

Karamanoğulları beklari Bek Hukmdorlik yili Izohlar Nûre Sûfî Bey 1250-1256 Karaman Bey 1256-1261 Karamanoğlu Mehmed Bey 1261-1277 Güneri Bey 1277-1300 Bedreddin Mahmud Bey 1300-1312 Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey 1312-1318 1. Bedreddin İbrahim Bey I 1318-1332 1. Alâeddin Halil Mirza Bey 1332-1340 Bedreddin İbrahim Bey I 1340-1349 2. Fahreddin Ahmed Bey 1349-1350 Şemseddin Bey 1350-1351 Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey 1351-1356 2. Seyfeddin Süleyman Bey 1356-1357 Alâeddin Ali Bey 1357-1398 Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II 1398-1399,1402-1418 1. Bengi Alâeddin Ali Bey II 1418-1419 1. Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II 1419-1423 2. Bengi Alâeddin Ali Bey II 1423 2. Karamanoğlu İbrahim Bey II 1423-1464 Karamanoğlu İshak Bey 1464-1466 Sultanzâde Pîr Ahmed Bey 1464-1469 Kasım Bey 1469-1483 Turgutoğlu Mahmud Bey 1483-1487 Karamanoğulları shajarasi İsmail Hakkı Uzunçarşılı, Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, T.T.K.. Basımevi, Ankara, 1969

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Onadoʻli bekliklari Turkum:Karamanoğulları bekligi