„In Your Eyes“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd tomonidan ijro etilgan qoʻshiq boʻlib, uning 2020-yilda chiqqan toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hoursning toʻrtinchi singl hisoblanadi. Ushbu qoʻshiq 2020-yil 24-mart kuni XO va Republic Records leybllari orqali zamonaviy xit radiolariga chiqarildi. Aslida qoʻshiq avvalroq, aniqrogʻi, toʻrt kun oldin, yaʼni 20-martda albomning oʻzi bilan birga chiqarilgan edi. Qoʻshiqni The Weeknd Max Martin va Oscar Holter bilan birga yozgan va prodyuserlik qilgan. Belly esa qoʻshiq yozilishidagi hissasi uchun qoʻshimcha mualliflik huquqiga ega. Qoʻshiqning studiya versiyasida saksofon qismini Vojtek Goral ijro etgan, jonli ijro va remiks versiyasida esa bu partiyani mashhur musiqachi Kenny G chalgan.

2020-yil 21-may kuni, qoʻshiqning amerikalik repper va xonanda Doja Cat ishtirokidagi remiksi chiqarildi. Shuningdek, Kenny G ishtirokidagi yana bir remiks 2020-yil 16-oktabrda taqdim etildi. Bu remiks, qoʻshiqning birinchi marta jonli ijro etilganidan keyin chiqarildi.

Tarixi va chiqarilishi Ushbu qoʻshiq ilk bor „After Hours“ qisqa metrajli filmida ishora tarzida namoyon boʻlgan; The Weeknd filmda yurib ketayotgan sahnada fon musiqasi sifatida qoʻshiqning saksofon solosi yangrayotgan edi. Keyinchalik, Island Records prezidenti Louis Bloom 2020-yil mart oyi oʻrtalarida Music Week jurnaliga bergan intervyusida, „Blinding Lights“ qoʻshigʻining toʻgʻridan-toʻgʻri davomi albom bilan bir vaqtda taqdim etilishi tasdiqlandi. Keyinchalik bu davom „in Your Eyes“ qoʻshigʻi boʻlishi eʼlon qilindi, bu qoʻshiq Spotifydagi mashhur pleylaystlarga qoʻshildi va 2020-yil 20-mart kuni Billboard jurnalining vakili Gary Trust tomonidan uning radioga chiqarilishi tasdiqlandi.

Matni va kompozitsiyasi „In Your Eyes“ – bu 1980-yillardagi uslubda yozilgan sinti-pop qoʻshigʻi boʻlib, asosiy sintezator musiqasi, alt-saksofon solosi va nafis mis cholgʻular bilan boyitilgan. Qoʻshiq 100 BPM (daqiqasiga zarblar) tezlikda, ii-V-vi-IV akkord progresiyasi asosida va sol minor (G minor) tonalligida yozilgan. Ushbu qoʻshiqda Daft Punk guruhining „Veridis Quo“ asaridan interpolyatsiya mavjud. The Weeknd, Max Martin va Oscar Holter bilan birga prodyuserlik qilgan ushbu trekiga, Variety jurnalidan Jem Aswad bilan After Hoursning tinglov sessiyasida quyidagicha izoh bergan:

Tanqidiy qabul Qoʻshiq olamshumul maqtovlarga sazovor boʻldi va tanqidchilar tomonidan albomdagi ajralib turuvchi asar sifatida eʼtirof etildi. Singl, shuningdek, The Weekndning ilgarigi radioga moʻljallangan xit qoʻshiqlari bilan taqqoslandi. Turli jurnalistlar ushbu trekda 80-yillar uslubining kuchli taʼsiri borligini qayd etishdi – ayniqsa, qoʻshiqdagi saksofon solosi va sintezatorlar alohida maqtovga sazovor boʻlib, M83 ning „Midnight City“ va Katy Perryning „Last Friday Night“ kabi xitlari bilan solishtirildi. The New York Timesdan Jon Caramanica esa shunday fikr bildirdi: „‘In Your Eyes’ qoʻshigʻi oxirrogʻidagi saksofon solosi shu qadar yoqimli va ohangdorki, u eng yuqori darajadagi fon musiqasidek eshitiladi“. Pitchfork sharhlovchisi Noah Yoo yozadi: „'In Your Eyes' – Duran Duranni ham uyaltirib qoʻyadigan darajada shohona saksofon sololari va aranjirovkalarni oʻz ichiga oladi“. Entertainment Weekly sharhlovchisi Candice McDuffie taʼkidlaydi: „Loyihadagi eng yodda qoladigan lahzalardan biri bu – Tomas Jannson tomonidan chalingan 'Careless Whisper' uslubidagi saksofon solosi boʻlib, u qoʻshiqni chinakamiga nostalgik darajaga olib chiqadi“. Vibedan Jack Riedy esa shunday deydi: „'In Your Eyes’ – bu elektro-disko qoʻshiq boʻlib, u shunchalik koʻp tovushli bezaklarga toʻla-ki, ularni sanab chiqish uchun butun boshli Stefon uslubidagi gap kerak boʻladi: Chic uslubidagi ritmik gitara, zafarona truba kuylar, Daft Punk uslubidagi robotga oʻxshash vokallar va yakundagi toʻliq saksofon solosi“.

Yil yakunidagi reytinglar +NashrReytingOʻrinBillboard2020-yilning eng yaxshi 100 qoʻshigʻi54GeniusThe Genius Community’sining 2020-yil uchun eng yaxshi 50 qoʻshigʻi9E! News2020-yilning eng yaxshi 100 qoʻshigʻikiritilgan

Musiqiy klip „In Your Eyes“ qoʻshigʻining videoklipi uning rejissyori Anton Tammi tomonidan 2020-yil 21-martda Instagram stories’ida namoyish etilgan. Keyingi kuni The Weeknd oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ushbu videoning kichik parcha joylagan. Qoʻshiq uchun rasmiy klip chiqarilishi, relizdan oʻn bir soat oldin tasdiqlangan va video 2020-yil 23-martda taqdim etilgan.

Ushbu klipda bosh rolni Zaina Miuccia ijro etadi va u After Hours qisqa metrajli filmidagi voqealarning davomiga asoslangan boʻlib, The Weeknd juftlik bilan liftga kirganidan keyin boʻlib oʻtadigan hodisalarni tasvirlaydi. Klipda The Weeknd lift ichida Miuccianing yigitini oʻldirgach, uni turli joylarda quvib boradi. Nihoyat, ular After Hours nomli tungi klubga yetib kelishadi. U yerda Miuccia bolta topib, The Weekndni boshini tanasidan ajratadi va klipning qolgan qismida uning boshini koʻtarib raqsga tushadi. Videoda albom nomidagi qisqa filmdagi saksofonchi Wojtek Goral yana paydo boʻladi. Klip 1980-yillardagi slasher filmlariga oʻxshatilgan va musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. PopMatters nashri sharhlovchisi Jessica Brant ushbu qoʻshiqni quyidagicha tasvirladi: „U Kiss Land (2013) albomidagi ‘Pretty’ qoʻshigʻidagi The Weeknd yozgan obsessiv sogʻinchning toʻliq film shaklidagi koʻrinishi kabi tuyuladi. Bu hikoya Michael Jacksonning ‘Thriller’ klipini mashhur qilgan jihatlar: kuchli, dahshatli, va ayni vaqtda kulgili syujetga, va Vogue jurnalining yozuvchisi hamda model Zaina Miuccia tomonidan ijro etilgan ajoyib aktyorlik ishiga ega“. Vibe jurnalisti William E. Ketchum III esa shunday deydi: „The Weeknd bu klipida dahshatli filmlarga xos kayfiyatni yaratgan, 80-yillardagi slasher uslubini yangi bosqichga olib chiqqan“. Complex muharriri Trace William Cohen esa klipning hikoyaviy yoʻnalishi va yakunini maqtadi: "Bu videoda After Hoursdagi Abel obrazining pichoq ushlagan versiyasi toʻliq slasher yovuz qahramoniga aylanadi va yashirinib yurishlar, barchasi bor. Klipda Abel obrazi nihoyat bolta yordamida „adolat“ni qabul qilib oladi, bu esa poetik jihatdan toʻgʻri yakun boʻladi".

Tijoriy muvaffaqiyati Albom chiqqanidan soʻng, „In Your Eyes“ qoʻshigʻi 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 16-oʻrinda debyut qildi. Bu bir hafta ichidagi eng yuqori debyutg aylandi va After Hours albomidagi uchinchi eng yuqori oʻrinni egallagan qoʻshiq sifatida qayd etildi. 2021-yil 9-mart kuni, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan „In Your Eyes“ qoʻshigʻiga AQShda bir million nusxa sotilgani munosabati bilan platina sertifikati berildi.

2020-yil 27-mart kuni „In Your Eyes“ qoʻshigʻi UK Singles Chartda 17-oʻrinda debyut qildi va bu bilan The Weekndning ushbu chartdagi 20-top 40 talik xitiga aylandi. Yevropaning boshqa chartlarida: Belgian Tip, Irish Singles Chart, Dutch Single Top 100 da ham qoʻshiq 2020-yil 10-iyun kuni ilk bor top 20 talikka kirdi. Shuningdek, qoʻshiq Norvegiya va Shvetsiya chartlarida ilk bor top 10 talikda paydo boʻldi, Italiyada esa 2020-yil 28-mart kuni 26-oʻringa chiqdi.

Jonli chiqishlar Qoʻshiqning ilk jonli ijrosi 2020-yil 22-sentabr kuni boʻlib oʻtgan Time 100 primetime tadbirida amalga oshirilgan boʻlib, bu ijroda Kenny G bilan birga yangilangan versiya kuylangan. Ikkinchi jonli ijro esa 2020-yil 22-noyabr kuni boʻlib oʻtgan American Music Awards marosimida boʻldi. Bu safar qoʻshiq „Save Your Tears“ bilan birga Los-Anjeles markazida jonli ijro etilgan. Ushbu chiqishda The Weeknd bandajlangan koʻrinishda sahnaga chiqdi, bu esa After Hours albomi uchun ishlangan videolarning voqea rivojini davom ettiradi. Uchinchi jonli ijro esa 2020-yil 24-noyabr kuni VEVO uchun taqdim etildi. Bu chiqish Micah Bickham tomonidan rejissyorlik qilinib, Jon Chema operatorlik vazifasini amalga oshirgan edi.

2020-yil avgust oyida qoʻshiqning Doja Cat ishtirokidagi remiksi TikTokda oʻtkazilgan virtual konsert – The Weeknd Experience tadbirida namoyish etilgan treklardan biri boʻldi.

Xodimlar Maʼlumotlar Geniusdan olingan.

The Weeknd – qoʻshiq muallifi, vokal, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Max Martin – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Oscar Holter – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Rickard Göransson – gitara Ahmad Balshe – qoʻshiq muallifi Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering Wojtek Goral – alt-saksofon Nils-Petter Ankarblom – nayli cholgʻular aranjirovkasi Mattias Bylund – nayli cholgʻular aranjirovkasi, yozuv muhandisi, musiqiy tahrir Peter Noos Johansson – trombon Magnus Johansson – truba Janne Bjerger – truba Magnus Sjolander – zarbli cholgʻular Miko Rezler – zarbli cholgʻular Tomas Jonsson – tenor-saksofon Michael Engstrom – elektrik bass Serban Ghenea – miksing muhandisi John Hanes – miksing muhandisi

Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2020) Eng yuqorioʻrin Rolling Stone Top 100 3 (Monitor Latino) 8 (Eesti Tipp-40) 5 International (IFPI) 4 (Tónlistinn) 2 Airplay (EarOne) 1 (AGATA) 6 (RIM) 15 Airplay (Billboard) 6 (PRODUCE) 23 (SMRRTV Top 50) 1 (RIAS) 13 (SloTop50) 11 (Record Report) 35 (HRT) 11

Oylik chartlar Chart (2020) Eng yuqorioʻrin (SGP) 59

Yil yakuni boʻyicha chartlar Chart (2020) Oʻrin (ARIA) 91 (Ultratop Flanders) 20 (Ultratop Wallonia) 7 (Tracklisten) 21 Airplay (Monitor Latino) 100 Streaming (Monitor Latino) 92 (SNEP) 71 (Tónlistinn) 5 (FIMI) 63 MDH (Tophit) 129 (Dutch Top 40) 8 (Single Top 100) 45 (VG-lista) 23 Airplay (Monitor Latino) (Polish Airplay Top 100) 8 Airplay (Tophit) 167 (Rádiós Top 40) 30 (Single Top 40) 61 (Sverigetopplistan) 14 (Schweizer Hitparade) 45 Chart (2021) Oʻrin (Tracklisten) 72 (AFP) 127

Sertifikatsiya + „I Was Never There“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAmerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA)Platina1,000,000Avstraliya (ARIA)3× Platina210,000Belgiya (BRMA)Platina40,000Birlashgan Qirollik (BPI)Platina600,000Braziliya (Pro-Música Brasil)Olmos160,000Daniya (IFPI Danmark)2× Platina180,000Fransiya (SNEP)Olmos333,333Germaniya (BVMI)Oltin200,000Ispaniya (PROMUSICAE)Platina40,000Italiya (FIMI)2× Platina140,000Kanada (Music Canada)2× Platina160,000Norvegiya (IFPI Norway)2× Platina120,000Polsha (ZPAV)3× Platina150,000Portugaliya (AFP)2× Platina20,000Yangi Zelandiya (RMNZ)2× Platina60,000StrimingGretsiya (IFPI Greece)Oltin1,000,000Shvetsiya (GLF)3× Platina24,000,000

Doja Cat remix Qo‘shiqning amerikalik repper va qo‘shiqchi Doja Cat ishtirokidagi remiksi 2020-yil 21-may kuni, eʼlon qilinganidan ikki kun o‘tib chiqarildi.

Tarixi Remiks eʼlon qilinishidan oldin, The Weeknd After Hours albomidagi bir nechta qo‘shiqlarning remikslarini chiqargan edi. Bu remikslarda Lil Uzi Vert, Major Lazer va Chromatics kabilar ishtirok etgan.

2020-yil 19-may kuni Doja Cat Twitterda, yaqinda The Weeknd bilan hamkorlik qilganiga ishora qiluvchi so‘rovnoma qoldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, u “in your eyes” deb tvit yozadi va Twitterdagi ismini ham ayni shu nomga o‘zgartiradi, bu esa uning qo‘shiq remiksida ishtirok etganini anglatar edi. The Weeknd ham tez orada remiks chiqishini tasdiqlaydi va ertasi kuni uning muqova rasmi hamda chiqish sanasini e’lon qiladi.

Matni va kompozitsiyasi Garchi qoʻshiq quvnoq va sintezatorga boy ohanglarga ega boʻlsa-da, uning matni munosabatlardagi nozik tuygʻularni ifoda etishda yuzaga keladigan shubha va qo‘rquvlarni aks ettiradi. Remiks versiyada esa The Weekndning satrlariga bir necha bor savol-javob uslubida javoblar beriladi:

The Weeknd kuylaydi:

Shundan soʻng, Doja Cat oʻzining jozibali ovozi bilan javob beradi:

Keyinchalik u rep uslubida qoʻshiqdagi ichki tortishuv va hissiy tebranishlarni ifodalab shunday deydi:

Musiqiy klip