Ipu (haw. Ipu) — bu Havayi zarbli cholgʻu asbobi boʻlib, u bilan hula raqsi ijro etilayotganda joʻr musiqa chalinadi. Ipu anʼanaviy ravishda ikkita qovoqdan tayyorlanadi.
Ipuning ikki turi mavjud:
ipu-heke (haw. ipu heke). U bir-biriga bogʻlangan ikkita qovoq qobigʻidan yasaladi. Yasash uchun qovoq boʻyin qismidan kesilib, ichi tozalanadi. Kattaroq hajmdagi qovoq pastki qismga joylashtiriladi. Kichikrogʻining ichidan yana teshik ochiladi. ipu-heke-ole (haw. ipu hekeʼole). Usti kesilgan bitta qovoqdan yasaladi
Ushbu cholgʻu asbobida oʻynash qoidasi doʻmbirani chalish bilan bir xil. Havayiliklar odatda oʻtirgan holda ipuning yuqori qismini barmoqlari yoki kaftlari bilan urish orqali oʻynashadi. Bundan tashqari, ipu ijrochining oldida turadigan yumshoq matoga ham urib chalinadi.
Manbalar