Edison payvandlash Instituti (EPI) ― nodavlat-notijorat tashkilot boʻlib, sanoatda ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va joriy etish bilan shugʻullanadi. Uning shtab-kvartirasi AQShning Ogayo shtati Kolumbus shahrida joylashgan. Institut aerokosmik, avtomobilsozlik, mudofaa, energetika, ogʻir sanoat, tibbiyot va elektronika sanoatida amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va yetakchi ishlab chiqaruvchilarga xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Institutda150 nafarga yaqin xodim mehnat qiladi. Institut turli materiallar, ishlar va payvandlangan ishlab chiqarish texnologiyalari uchun koʻplab patentlarga egaU.S. Patent and Trademark Office.

Tarixi Tashkilot 1984-yilda Ogayo shtati universiteti tadqiqot parkida tashkil etilganWelding Engineers In Demand, New York Times, 10 Sept 1985. Ogayo gubernatori Richard Selesta payvandlashni qoʻllab-quvvatlash hamda tadqiqot va ishlanmalar amalga oshiriladigan markazni yaratish tashabbusini koʻrsatib, institutni tashkil etishga boshchilik qildi.

Hozirgi kunda institut Shimoliy Amerikadagi zamonaviy ishlab chiqarishda injenerlik va innovatsiyalar boʻyicha yetakchi institutlardan biri hisoblanadihttp://proquest.umi.com/pqdweb?did=1169584711&sid=1&Fmt=3&clientId=76566&RQT=309&VName=PQD ProQuest, by subscription..

Institutning Kolumbus, Ogayo, Detroyt, Vashington va Buffalo, Nyu-York shaharlarida ofislari va laboratoriyalari mavjud.

Manbalar

Havolalar

http://www.ewi.org/ : сайт Института сварки Эдисона Turkum:Ilmiy-tadqiqot instituti Turkum:1984-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum: payvandlash tashkilotlari Turkum:AQSh tashkilotlari