Abay koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. Abay koʻchasi qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Koʻcha Shayxontohur tumanida joylashgan.

Tarixi va nomi Koʻchaning nomi qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan nomlanganAuezov M.O., Abay Kunanbayev. Stati i issledovaniya, Alma-Ata, 1967.

2011-yilda Navoiy koʻchasidan boshlanib va Abay koʻchasidan ham oʻtgan mashhur Navoiy bozori "Malikaga" koʻchdi. Bu yerda asosan zamonaviy texnika va telefonlar sotilib borilgan edi. Koʻchgan yerda biroz vaqt oʻtib yangi uylar qurildi va keyinchalik Tashkent City markazi barpo etildi.

Abay koʻchasining soʻngida Qozogʻiston elchixonasi va Abay Qoʻnanboyevga haykal joylashgan. Yangi elchixona va haykal yozning 2013-yilida, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashrif buyurgan vaqtda ochilgan edi. Davlatlar oʻrtasida yangi elchixonalar qurilishi Qozogʻistonning poytaxti Ostonada 2010-yilda Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev orasida kelishilib olingan edi.

18-oktabrning 2019-yilida Lacetti rusmli avtomobil haydovchisi yoʻl harakati politsiyasi inspektorini urib ketdi. Jarohat olgan xodim shifoxonaga yotqizildi.

Tavsifi Abay koʻchasi shimoldan Alisher Navoiy va Bobir Zokirov koʻchasining yakunidan boshlanib Zulfiyaxonim koʻchasigacha choʻziladi. Abay koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi oʻtadi.

Mashhur binolar va inshootlar Abay koʻchasi Toshkentning markaziy koʻchalarida joylashgani binoan bu yerda koʻplab bino va inshoatlar joylashgan.

Juft tomondan Turonbank banki Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyat filiali

Toq tomondan 48-sonli Oilaviy Poliklinika Salvia restorani

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari