Vladimir Ashotovich Safarov (1939-yil, 17-yanvar, Toshkent – 2021-yil, 14-iyul) – sovet va oʻzbek jazchisi, jurnalist, yozuvchi hamda postsovet mamlakatlari futbol tarixi va statistikasiga oid koʻplab kitoblar yozgan muallif. Vladimir Oʻzbekiston arman madaniyat markazi aʼzosi, Toshkent jaz klubi prezidenti boʻlganPamyati Vladimira Safarova: „S futbolom i djazom po jizni…“ Kultura.uz.
Tarjimai holi Vladimir Safarov togʻli Qorabogʻ armanlaridan. Uning bobosi Aleksandr Bogdanovich Zaxaryan Toshkentga koʻchib oʻtgan va umrining qolgan qismini Oʻzbekistonda oʻtkazgan. Bu vaqt ichida uning bolalari tugʻiladi va Vladimir Safarov uning ikkinchi avlodi vakili. Uning akalari Gennadiy va Vyacheslavlar taniqli jaz ijrochilaridir.
Vladimir Safarovning oʻzi ham jazni yaxshi koʻrardi va Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan Artsax guruhining hammuallifi edi. Aka-uka Safarovlar tomonidan yaratilgan „Artsax“ guruhi Oʻzbekiston arman madaniyati markazi nomidan xalqaro jaz festivallarida ishtirok etishgan.
Vladimir Safarov 1956-yildan buyon „Paxtakor“ futbol klubining muxlisi va tarixchisi. Safarov „Paxtakor“ tarixidan tashqari Oʻzbekiston-postsovet mamlakatlari futboli tarixi va statistikasini ham mukammal oʻrgangan. U Oʻzbekiston va sobiq SSSR mamlakatlari futboli tarixi, mashhur futbolchilar va futbol klublari haqidagi oʻttizga yaqin kitoblar muallifi. Oʻzbekiston gazetalarida futbol mavzulariga bagʻishlangan maqolalar chop etib bordi. Umuman olganda, Safarov turli mamlakatlardagi turli nashrlarda chop etilgan uch mingga yaqin maqolalar muallifi sanaladi.
1992-yil mart oyida Gennadiy Krasniskiy toʻpurarlar klubini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Keyin esa respublika matbuoti sahifalarida futbol jamoatchiligiga Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari reytingini tuzish taklifi bilan chiqdiVladimir Safarov: „Nujen bombardiram noviy klub!“ // ejenedelnik „Sport“ – Ташкент – 1992 – № 12 (5871).
Vladimir jurnalistika sohasida koʻpgina hamkasblar bilan hamkorlik qilgan. U Oʻzbekiston futboliga oid toʻplagan statistik maʼlumotlarni Rossiyaning „Rossiya futbolining 100 yilligi“ va „Ayollar futboli ensiklopediyalari“ni, „Futbol sayyorasi“ kitobini, shuningdek, Estoniyaning „Mustaqil mamlakatlar futboli“, Ukraina-Rossiya „Statistika toʻplami“ kitobini nashr ettirgan.
2000-yilda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida eʼtirof etilgan.
2019-yilda Vladimir Ashotovich tavalludining 80 yilligi munosabati bilan oʻzbek jazchilari va sport jurnalistlari ijodiga bagʻishlangan biografik film yaratdi„Vladimir Safarov. Jizn, otmerennaya kilometrami, akkordami, golami“. Chast 1„Vladimir Safarov. Jizn, otmerennaya kilometrami, akkordami, golami“. Chast 2.
Vladimir Safarov 2021-yil 14-iyulda Toshkent shahrida vafot etgan„Umer Vladimir Safarov“.
Yutuqlar va mukofotlar 2000-yilda Oʻzbekiston futbol federasiyasi tomonidan eng yaxshi jurnalist deb eʼtirof etilganUshel iz jizni Vladimir Safarov Sports.uz.
Vladimir Safarovning kitoblar roʻyxati: «Футбол-83» (1983) «Футбол-86» (1986) «Футбол. 50 чемпионат СССР» (1989) «Футбол-88» (1988) «Футбол-89» (1989) «Пахтакор. Матчи которые не забыть…» (1990) «Пахтакор снова в высшей!» (1991) «Футбол 1991. Среднеазиатская зона» (1991) «Пахтакор. Матч длиною в 40 лет» (1995) «Геннадий Красницкий: Жизнь в футболе. Талант особого рода» (2000) «Футбол братьев Ан» (2002) «Крылья памяти. Документальная хроника авиакатастрофы „Пахтакора“-79» (2004) «Сборник воспоминаний очевидцев и участников событий. „Пахтакор“-79» (2004) «Пахтакор: Летопись полувека» (2006) «Феномен Юрия Саркисяна: Жизнь в футболе» (2007) «Легенда узбекского футбола: Берадор Абдураимов» (2009), (переиздана в 2019) «Всё о джазе» (2010) «Хамид Рахматуллаев — узбекский Пеле» (2011) «Нашему „Пахтакору“ 55 лет» (2012) «Бохадыр Ибрагимов: С футболом по жизни» (2013) «Игрок чрезвычайно полезный» (2013) «Игорь Шквырин. Одиссея форварда» (2014) «Мяч под узбекским солнцем» (2014) «Футбол братьев Ан. Хроника. События. Судьбы» (2014) «Энциклопедия футбола Узбекистана 1912—2012» (2014) «Рахим Муминов. С футболом по жизни» (2015) «Фуркат Эсанбаев: Человек-гол!» (2015)
Manbalar
Havolalar
Vladimir Safarov tomonidan kitoblar roʻyxati Vladimir Safarovning tarjimai holi va kitoblar roʻyxati
Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Sovet tarixchilari Turkum:SSSR jurnalistlari Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar Turkum:Paxtakor Toshkent Turkum:SSSR sport jurnalistlari