Y xromosoma barcha tirik tugʻadigan sut emizuvchilarda shuningdek odamda ham uchraydigan ikkita jinsiy xromosomadan bittasidir. Ikkinchisi X xromosoma hisoblanadi. Y xromosoma koʻpchilik turlarda jinsni belgilovchi hisoblanadi. Chunki, uning bor yoki yoʻqligi jinsiy koʻpayishdan tugʻiladigan avlodlarning erkak yoki urgʻochi ekanligini belgilab beraadi. Sut emizuvchilarda Y xromosoma erkak boʻlib rivojlanishni qoʻzgʻatuvchi SRY genini tutadi. Odam Y xromosomasidagi DNK 59 million nukleotid juftligidan tuzilgan."Ensembl Human MapView release 43". February 2014. Retrieved 2007-04-14. Y xromosoma faqat otadan oʻgʻilga oʻtadi. Shimpanze Y xromosomasidan 30%ga farq qilish bilan bu xromosoma odam genomida eng tez oʻzgarishga uchrayotgan qismlardan biri hisoblanadi.Wade N (January 13, 2010). "Male Chromosome May Evolve Fastest". New York Times. Odam Y xromosomasida oʻrta hisobda 100-200 gen borligi hisoblangan va shulardan 45 tadan 73 tasi oqsil kodlochi genlardir. Barcha yagona nusxadagi Yka birikkan genlar gemizigotalidir (faqat bitta xromosomada mavjud). XXY sindromi va XXYY sindromi – bundan mustasno.

Umumiy tushuncha Y xromosoma 1905-yilda Bryn Mawr kollejida Nettie Stevens tomonidan Tenebrio molitor deb nomlangan goʻsht qurtida tadqiqot olib borilayotgan vaqtda jinsni belgilovchi xromosoma ekanligi aniqlangan. Oʻsha yilda bu muallifdan mustaqil ravishda Edmund Beecher Wilson ham hemipterada buni aniqladi. Stevens xromosomalar doim juft holatda joylashishini taklif etdi va Herman Henking 1890-yilda kichikroq xromosoma (hozirda Y xromosoma deyiladi) X xromosomaning jufti ekanligini kashf etdi. Hermann Henking oldingi Clarence Erwin McClungning X xromosoma jinsni belgilaydi deydigan gʻoyasi notoʻgʻriligini va Y xromosomaning bor yoki yoʻqligi jinsni belgilovchi faktor ekanligini anglab yetdi. 1920-yillarning boshlarida Theophilus Painter odamda (va boshqa sut emizuvchilarda) jinsni X va Y xromosomalar belgilashini aniqladi.Glass, Bentley (1990) Theophilus Shickel Painter 1889—1969: A Biographical Memoir , National Academy of Sciences, Washington DC. Retrieved 24 Jan 2022.

Bu xromosomaga "Y" nomi shunchaki Henkingning "X" xromosomasiga alfabetik jihatdan mos kelishi uchun berilgan.David Bainbridge, The X in Sex: How the X Chromosome Controls Our Lives, pages 3-5, 13, Harvard University Press, 2003 ISBN 0674016211.James Schwartz, In Pursuit of the Gene: From Darwin to DNA, pages 170-172, Harvard University Press, 2009 ISBN 0674034910 Y xromosoma shakli tufayli shunday nom olganligi toʻgʻrisidagi fikr notoʻgʻridir. Barcha xromosomalar normada mikroskop ostida amorfik yumaloq shaklda koʻrinadi va faqat mitoz vaqtida oʻzining shakliga kiradi. Bu shakl esa barcha xromosomalarda nisbatan X shaklidadir. Y xromosomaning kalta shoxlari qoʻshilganday koʻrinishi mitoz davrida Y shakliga oʻxshab ketishi shunchaki tasodif hisoblanadi.David Bainbridge, The X in Sex: How the X Chromosome Controls Our Lives, pages 65-66, Harvard University Press, 2003 ISBN 0674016211

Variantlari Aksariyat tirik tugʻuvchi sutemizuvchilarning hujayrasida jinsiy hujayralar bir juft boʻladi. Erkaklarda bitta X va bitta Y xromosoma va urgʻochilarda ikkita X xromosoma. Sut emizuvchilar Y xromosomasida SRY geni joylashgan boʻlib, u embrion rivojlanishi vaqtida jinsni erkak boʻlishini taʼminlaydi. Y xromosomada yana shunday genlar joylashganki, ular spermaning normal rivojlanishi uchun zarur.

Ammo, bunga mustasnolar mavjud. Odamlar orasida, baʼzi erkaklarda ikkita X va bitta Y ("XXY", Klaynfelter sindromi) yoki bitta X va ikkita Y (XYY sindrom), ayollarda esa uchta X yoki yagona X xromosoma (Turner sindromi) ham uchraydi. Bulardan tashqari SRY genening jarohatlanishi (XY ayol) yoki X ga koʻchishi ham kuzatiladi (XX erkak).

Kelib chiqishi va evolyutsiyasi

Y xromosomadan oldin Koʻpchilik tuxum qoʻyuvchi umurtqalilarda jinsiy xromosomalar boʻlmaydi. Agar ularda turli jinslar boʻlsa, demak ular genetik emas, tashqi muhit tufayli belgilanadi. Ularning baʼzilari, asosan sudralib yuruvchilar uchun jins inkubatsion haroratga bogʻliq.Baʼzi umurtqalilar germofrodit. Shunday boʻlsa-da, ularning aksariyatida jins ketma-ket (bitta organizm hayotining turli davrlarida faqat bir xil gametalar hosil qiladi, ikki xilini bir vaqtda emas), bir vaqtning oʻzida emas (bir nechta oʻqqanot baliqlarda).

Kelib chiqishi X va Y xromosoma autosomalar deb nomlanadigan bir xil xromosomalardaMuller HJ (1914). "A gene for the fourth chromosome of Drosophila". Journal of Experimental Zoology. 17 (3): 325–336. doi:10.1002/jez.1400170303.Lahn BT, Page DC (October 1999). "Four evolutionary strata on the human X chromosome". Science. 286 (5441): 964–7. doi:10.1126/science.286.5441.964. PMID 10542153. jins lokusi – genetik variatsiya (buning mavjudligi jinsni erkak qilib belgilagan) shakllanganda rivojlangan deb hisoblanadi.Graves JA (March 2006). "Sex chromosome specialization and degeneration in mammals". Cell. 124 (5): 901–14. doi:10.1016/j.cell.2006.02.024. PMID 16530039. S2CID 8379688. Bu allelga ega xromosoma Y xromosomaga aylansa, ikkinchisi X xromosomaligicha qoladi. Vaqt oʻtishi bilan erkaklar uchun uchun foydali, urgʻochilar uchun zararli yoki foydasiz boʻlgan genlar Y xromosomada rivojlangan yoki translokatsiya orqali koʻchirilgan.Graves JA, Koina E, Sankovic N (June 2006). "How the gene content of human sex chromosomes evolved". Current Opinion in Genetics & Development. 16 (3): 219–24. doi:10.1016/j.gde.2006.04.007. PMID 16650758.

Yaqin vaqtgacha X va Y xromosomalar 300 mln yillar oldin divergensiya qilgan deb hisoblab kelingan.Bachtrog D (February 2013). "Y-chromosome evolution: emerging insights into processes of Y-chromosome degeneration". Nature Reviews. Genetics. 14 (2): 113–24. doi:10.1038/nrg3366. PMC 4120474. PMID 23329112. Ammo, 2010-yildagi va ayniqsa 2008-yilda genomi sikvensiyasi natijalari chop etilgan tadqiqotlarga koʻra, XY jins belgilovchi sistema 166 mln yildan (sutemizuvchilardan birteshiklilar ajralgan davr) paydo boʻlgan boʻlishi mumkin emas. Tirik tugʻuvchi sutemizuvchilarning XY sistemasi qachon rivojlanganligini qayta hisoblash marsupiallar va eutherianlar X xromosomasidagi nukleotidlar ketma-ketligi platypus va qushlar autosomalarida uchrashiga asoslangan.Veyrunes F, Waters PD, Miethke P, Rens W, McMillan D, Alsop AE, et al. (June 2008). "Bird-like sex chromosomes of platypus imply recent origin of mammal sex chromosomes". Genome Research. 18 (6): 965–73. doi:10.1101/gr.7101908. PMC 2413164. PMID 18463302. Eski hisoblash platypus X xromosomasilarida shunday sikvenslar mavjudligi xato aniqlangan.Grützner F, Rens W, Tsend-Ayush E, El-Mogharbel N, O'Brien PC, Jones RC, et al. (December 2004). "In the platypus a meiotic chain of ten sex chromosomes shares genes with the bird Z and mammal X chromosomes". Nature. 432 (7019): 913–7. Bibcode:2004Natur.432..913G. doi:10.1038/nature03021. PMID 15502814. S2CID 4379897.Watson JM, Riggs A, Graves JA (October 1992). "Gene mapping studies confirm the homology between the platypus X and echidna X1 chromosomes and identify a conserved ancestral monotreme X chromosome". Chromosoma. 101 (10): 596–601. doi:10.1007/BF00360536. PMID 1424984. S2CID 26978106.

Rekombinatsiyaning ingibirlanishi X va Y xromosomalar orasidagi rekombinatsiya zararli boʻlib chiqdi, chunki u urgʻochi va erkak genlari aralashishiga olib kelgan. Natijada erkaklar uchun foydali genlar jinsni belgilovchi gen atrofida toʻplangan va bu regionning rekombinatsiyasi tormozlangan. Vaqt oʻtishi bilan Y xromosoma shunday oʻzgarganki, jinsni belgilovchi genlar atrofidagi regionlar ham X xromosoma bilan rekombinatsiyalanmaydigan boʻlgan. Bu jarayon natijasida, odam Y xromosomasining 95% qismi rekombinatsiya qila olmaydi. Faqatgina X va Y xromosomalarning uchlari rekombinatsiyalana oladi. X xromosoma bilan rekombinatsiyalasha oladigan Y xromosoma uchlari soxta autosomal regionlar deyiladi. Qolgan Y xromosoma keyingi avlodga oʻshandayligicha oʻtkaziladi va bu odam evolyutsiyasini kuzatishga imkon beradi.

Degeneratsiya Bir hisob-kitobga koʻra, odam Y xromosomasi paydo boʻlgandan beri 1438 ta genidan 1393 tasini yoʻqotgan va 300 mln yildan ortiq vaqt ichida bu 1393 yoʻqolgan genlarning chiziqli ekstrapolyatsiyasi har million yilda 4.6 ta gen yoʻqolganligini koʻrsatadi.Graves JA (2004). "The degenerate Y chromosome--can conversion save it?". Reproduction, Fertility, and Development. 16 (5): 527–34. doi:10.1071/RD03096. PMID 15367368. Mana shunday tezlikda genlarning yoʻqotilishi Y xromosomada keyingi 10 mln yilda birorta ham vazifa bajaruvchi gen qolmasligiga olib keladi.Goto H, Peng L, Makova KD (February 2009). "Evolution of X-degenerate Y chromosome genes in greater apes: conservation of gene content in human and gorilla, but not chimpanzee". Journal of Molecular Evolution. 68 (2): 134–44. Bibcode:2009JMolE..68..134G. doi:10.1007/s00239-008-9189-y. PMID 19142680. S2CID 24010421. Taqqoslovchi genom tahlili shuni koʻrssatdiki, koʻpchilik sut emizuvchilar oʻzlarining geterogen jinsiy xromosomalarida mana shunday oʻzgarishlarni boshlaridan oʻtkazishmoqda. Degeneratsiya uchta asosiy evolyutsion kuchlar: yuqori mutatsiya koʻrsatkichi, samarasiz seleksiya va genetik drift tufayli oddiygina barcha rekombinatsiya boʻlmaydigan jinsiy xromosomalarning taqdiri boʻlishi mumkin.

Ammo, odam va shimpanze Y xromosomalarini solishtirish (birinchi marta 2005-yilda chop etilgan) odam Y xromosomasi 6–7 mln yil oldin boʻlgan odamlar va shimpanzelar divergensiyasidan beri hech qanday genini yoʻqotmaganligini koʻrsatdiHughes JF, Skaletsky H, Pyntikova T, Minx PJ, Graves T, Rozen S, et al. (September 2005). "Conservation of Y-linked genes during human evolution revealed by comparative sequencing in chimpanzee". Nature. 437 (7055): 100–3. Bibcode:2005Natur.437..100H. doi:10.1038/nature04101. PMID 16136134. S2CID 4418662. va 2012-yilgi ilmiy tadqiqot odam rezus makakadan 25 mln yil oldin divergensiya qilganidan beri atigi bitta genini yoʻqotganligini koʻrsatdi.Hsu C. "Biologists Debunk the 'Rotting' Y Chromosome Theory, Men Will Still Exist" . Medical Daily. Bu faktlar chiziqli ekstrapolyatsiya modeli toʻgʻri emasligini va hozirgi odam Y xromosomasi 4.6 gen/mln yildan koʻra ancha sekin kichiklashayotganligini isbotlaydi.

Yuqori mutatsiya darajasi Odam Y xromosomasi odam yashaydigan joy muhiti tufayli yuqori mutatsiyaga yoʻliqadi. Y xromosoma faqat sperma orqali oʻtkaziladi, u esa gematogenez jarayonida koʻplab hujayra boʻlinishlariga uchraydi. Har bir hujayra boʻlinishi mutatsiya boʻlgan nukleotid juftligi yigʻilib borishiga imkon beradi. Qoʻshimchasiga sperma yuqori oksidativ muhit boʻlgan urugʻdonlarda saqlanadi, bu esa oʻz navbatida mutatsiya ehtimolini yana oshiradi. Yuqoridagi ikki xil holat boshqa xromosomalarga qaraganda Y xromosomaning mutatsiya boʻlish xavfini oshiradi. Y xromosomada mutatsiya ehtimoli yuqori ekanligi Graves tomonidan 4.8 faktor sifatida aytib oʻtilgan. Ammo, uning original manbasi nisbiy mutatsiya koʻrsatkichini odam ajdodlariga olib boruvchi ayol va erkak jinsiy hujayralari uchun oladi.Lindblad-Toh K, Wade CM, Mikkelsen TS, Karlsson EK, Jaffe DB, Kamal M, et al. (December 2005). "Genome sequence, comparative analysis and haplotype structure of the domestic dog". Nature. 438 (7069): 803–19. Bibcode:2005Natur.438..803L. doi:10.1038/nature04338. PMID 16341006.