ABB (Asea Brown Boveri) — 1988-yilda Shvetsiyaning ASEA va Shveysariyaning Brown, Boveri & Cie kompaniyalarining birlashishi natijasida yaratilgan elektrotexnika va energetikaga ixtisoslashgan shved-shveysar transmilliy kompaniyasi. Bosh qarorgohi Westeros va Tsyurixda, ishlab chiqarish korxonalari esa Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Portugaliya, Braziliya, Finlandiya, Estoniya va boshqa bir qator mamlakatlarda joylashgan.
Tarixi Faoliyatining birinchi yilidayoq korporatsiya 40 ta kompaniyani, jumladan, Westinghouse Electric korporatsiyaning energiya uzatish va tarqatish biznesini sotib oldi. Noorganik oʻsish strategiyasi 1990-yillargacha davom etdi, eng yirik xarid — Gollandiyadagi sanoatni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqaruvchisi — Elsag Bailey Process Automation boʻldi(1998).
1999-yilda ABB yadroviy biznesni sotdi.2001-yildan beri kompaniya aksiyalari bilan Nyu-York fond birjasida savdo qilinadi.2011-yilda axborot markazlari uchun uzluksiz quvvat manbalari ishlab chiqaruvchi „Newave“; 2013-yilda — quyosh fotovoltaiklari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi — „Power-One“ sotib olindi.2017-yilda GE Industrial Solutions boʻlimi (GE Power) General Electric kompaniyasidan sotib olindi.2018-yilda elektr tarmoqlari biznesini avtomatlashtirish boʻlimi Hitachi kompaniyasiga sotildi.
2020-yil holatiga koʻra, asosiy boʻlinmalar:
elektr motorlar va robototexnika (jumladan, generatorlar, elektr drayvlar, mexanik transmissiyalar, tortish konvertorlari, shamol turbinalari uchun konvertorlar ishlab chiqaradi); sanoatni avtomatlashtirish (boshqaruv tizimlari, nazorat-oʻlchash va analitik uskunalar, kemalar uchun tizimlar, shaxtada koʻtaruvchi mashinalar, turbokompressorlar); elektrotexnika (jumladan, elektr transport vositalarini zaryadlash tizimlari, quyosh invertorlari, modulli podstansiyalar, elektr simli tovarlar, kabellar, oʻlchash vositalari va datchiklar, balastlar).
Boshqaruvchilar thumb| Shveytsariyadagi ABB 2020-yil fevral oyidan beri bosh direktor — Björn Rosengren, sobiq direktorlar:
2019-yil aprel — 2020-yil fevral: Piter Foser 2013-yil sentyabr — 2019-yil aprel: Ulrich Spieshofer 2008-yil sentyabr — 2013-yil sentyabr: Jozef Xogan 2008-yil fevral — 2008-yil sentyabr: Mishel Desmarets — vaqtincha 2005-yil yanvar — 2008-yil fevral: Fred Kindle 2002-yil sentyabr — 2004-yil dekabr: Yurgen Dorman 2001-yil yanvar — 2002-yil sentyabr: Jorgen Centerman 1997-yil yanvar — 2000-yil dekabr: Goran Lindal 1987-1996: Persi Barnevik
Direktorlar kengashi raisi — Hubertus fon Grünberg; direktorlar kengashining sobiq raislari:
Yurgen Dorman Piter Sazerlend Donald Ramsfeld (1990-2001)
Manbalar
Adabiyotlar ABB (2005): The Dormann Letters, Jürgen Dormann/ABB Group, Zurich Bélanger, Jacques et al. (2001): Being local worldwide: ABB and the challenge of global management, Cornell University Press, New York. ISBN 0-8014-3650-8 Kevin Barham, Claudia Heimer (1998): ABB: the dancing giant — creating the globally connected corporation. Financial Times, London. ISBN 0-273-62861-5