Helmuth Karl Bernxard Graf  von MoltkeRegarding personal names: Graf was a title before 1919, but now is regarded as part of the surname. It is translated as Count. Before the August 1919 abolition of nobility as a legal class, titles preceded the full name when given (Graf Helmuth James von Moltke). Since 1919, these titles, along with any nobiliary prefix (von, zu, etc.), can be used, but are regarded as a dependent part of the surname, and thus come after any given names (Helmuth James Graf von Moltke). Titles and all dependent parts of surnames are ignored in alphabetical sorting. The feminine form is Gräfin. (nemis: [ˈhɛlmuːt fɔn ˈmɔltkə]; 1800-yil 26-oktabr — 1891-yil-24-aprel) Prussiya feldmarshali. Oʻttiz yil davomida Prussiya armiyasining shtab boshligʻi, u quruqlik qoʻshinlarini boshqarishning yangi, yanada zamonaviy usulini yaratuvchisidir. U Yevropa va Yaqin Sharqdagi qoʻshinlarga, Ikkinchi Shlezvig urushi , Avstriya-Prussiya urushi va Fransiya-Prussiya urushi davrida Prussiya qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. U "Prussiya armiyasi tashkilotchisi va taktik dahosi""Optimism has made wars likelier and bloodier". The Economist. 12 October 2017.sifatida tarixda qolgan. Birinchi jahon urushi boshlanganda nemis armiyasiga qoʻmondonlik qilgan jiyani Helmuth von Moltkedan (Helmuth Johann Ludwig von Moltke) farqlash uchun uni koʻpincha "Oqsoqol Moltke" deb atashadi.

Hayotining ilk yillari Moltke Meklenburg-Shverin gersogligining Parchim shahrida tugʻilgan, Daniya armiyasida xizmat qilayotgan nemis general-leytenanti Fridrix Filipp Viktor fon Moltke(1768-1845)ning oʻgʻli. Toʻqqiz yoshida Helmuth von Moltke Golshteyndagi Xohenfeld pansionatiga, oʻn ikki yoshida esa Kopengagendagi kadet maktabiga oʻqishga kirdi. 1818-yilda u Oldenburg piyoda polkida ikkinchi leytenant darajasiga chiqdiRichter, Volhelm (1977). Den Danske Landmilitæretat 1801-1894: II. Bind (in Danish). Copenhagen: Dansk Historisk Håndbogsforlag. p. 63..

Yigirma bir yoshida Moltke Prussiya xizmatiga kirishga qaror qildi. 1822-yilda Frankfurt an der Oderda joylashgan 8-piyoda polkida ikkinchi leytenant boʻldi. Yigirma uch yoshida u umumiy harbiy maktabga (keyinchalik Prussiya harbiy akademiyasi) kirishga muvaffaq boʻldi, u yerda ch yil oʻqidi va 1826-yilda tugatdi.

Harbiy faoliyatining boshlanishi Moltke Frankfurt an der Oderdagi kadet maktabida xizmat qildi, keyin uch yil davomida Sileziya va Posenda harbiy tadqiqotlarda faoliyat yuritgan. 1832-yilda u Berlindagi bosh shtabda xizmat qilish uchun yuborilgan, 1833-yilda u birinchi leytenant unvoniga koʻtarildi. Oʻsha paytda u oʻz boshliqlari, shu jumladan oʻsha paytda general-leytenant boʻlgan shahzoda Vilgelmda yaxshi taassurot qoldirgan.

Moltkening qiziqishlari uni adabiyotga, tarixshunoslikka, sayohatga chorladi. 1827-yilda u „Ikki doʻst“ nomli qisqa romanini nashr etdi 1831-yilda u „Gollandiya va Belgiyaning oʻzaro munosabatlari“ nomli essay yozdi, ulnda Filipp II davridagi boʻlinishidan tortib, Vilgelm I davridagi birlashishigacha boʻlgan jarayon tahlil qilingan.

U ingliz tilini yaxshi bilganligi sababliDupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.1832-yilda u Gibbonning " Rim imperiyasining tanazzul va qulash tarixi " asarini nemis tiliga tarjima qilish uchun shartnoma tuzdi, buning uchun u 75 marka olishi kerak edi, u ushbu pulgan ot sotib olishni maqsad qilgan edi. Oʻn sakkiz oy ichida u oʻn ikki jildning toʻqqiztasini tugatdi, ammo nashriyot kitobni nashr qilmadi va Moltkega bor yoʻgi 25 marka pul toʻlab berdi.

Usmonlilar imperiyasida xizmat 1835-yilda kapitan sifatida koʻtarilgan Moltke janubi-sharqiy Yevropaga sayohat qilish uchun olti oylik taʼtil oldi. Konstantinopolda qisqa muddat boʻlganida, Sulton Mahmud II undan Usmonli imperiyasi armiyasini modernizatsiya qilishda yordam soʻragan va Moltke Berlindan tegishli ruxsat olganidan soʻng bu taklifni qabul qilgan. U Konstantinopolda ikki yil qoldi, turk tilini oʻrgandi va Konstantinopol shahri, Bosfor va Dardanel boʻgʻozlarini koʻzdan kechirdi. U Valaxiya, Bolgariya va Rumeliya boʻylab sayohat qildi va boʻgʻozning ikkala tomonida koʻplab boshqa sayohatlarni amalga oshirdi.

1838-yilda Moltke Misrlik Muhammad Aliga qarshi yurishni olib borishi kerak boʻlgan Anadoludagi qoʻshinlarga qoʻmondonlik qiluvchi Usmonli generaliga maslahatchi sifatida yuborildi. Yozda Moltke oʻz sayohati davomida bir necha ming mil yoʻl bosib, keng qamrovli razvedka va tadqiqotlar olib bordi. U Frot daryosi boʻylab sayohat qildi va Usmonlilar imperiyasining koʻplab hududlarini koʻzdan kechirdi va xaritaga tushirdi. 1839-yilda armiya misrliklarga qarshi jang qilish uchun janubga yoʻl oldi, ammo dushman yaqinlashgach, general Moltkening maslahatiga quloq solishdan bosh tortdi. Moltke shtab-ofitser lavozimidan isteʼfoga chiqdi va artilleriya kuchga rahbarlik qila boshladi. 1839-yil 24-iyunda Nezib (hozirgi Nisibis) jangida Usmonli armiyasi magʻlub boʻldi. 1839-yil 7-noyabrda u Pour le Mérite ordenini oldi. Qirollik shtab boshligʻi fon Krausenek yuborgan maktubida: „Men Bosh shtab kapitanlari fon Vinke, Fisher va fon Moltkega Turkiyadagi qoʻmondonlik davridagi xizmatlaridan mamnunligimning isboti sifatida ushbu ordenni topshirmoqchiman“Lehmann, Gustaf (1913). Die Ritter des Ordens pour le mérite 1812-1913 [The Knights of the Order of the Pour le Mérite] (in German). Vol. 2. Berlin: Ernst Siegfried Mittler & Sohn. p. 405.deb yozilgan edi. thumb|Hafiz and von Moltke Nezibda Moltke katta qiyinchilik bilan Qora dengizga, u yerdan Konstantinopolga qaytib keldi. Bu paytda Sulton Mahmud II vafot etgan edi, shuning uchun u 1839-yil dekabr oyida Berlinga qaytib keldi.Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.

Bir vaqtlar Moltke uyiga 1835-1839-yillarda Turkiyadagi shart-sharoitlar va voqealar toʻgʻrisida yozgan baʼzi xatlarini nashr etdi. Keyingi yilning boshida u ingliz ayoli Mariya Berta Xelena Burtga uylandi. Farzandsizligiga qaramay, bu baxtli nikoh edi.

1840-yilda Moltke Berlinda joylashgan Prussiya shahzodasi Charles qoʻmondonligi ostidagi IV korpus ishlay boshladi va u boshqa nemis sayohatchilari bilan birgalikda Konstantinopol xaritasini va Kichik Osiyoning boshqa hududlarining yangi xaritasini nashr etdi.Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.

U temir yoʻllarga qiziqib qoldi va u Gamburg-Berlin temir yoʻlining birinchi direktorlaridan biri edi. 1843 — yilda u "Temir yoʻl yoʻnalishini tanlashda qanday fikrlar aniqlanishi kerak?" maqolasini nashr etdi. Germaniya oʻzining birinchi temir yoʻlini qurishni boshlashdan oldin ham, u temiryoʻllarning harbiy salohiyatini payqagan edi va u bosh shtabni safarbarlik va moddiy-texnikaviy sabablarga koʻra temir yoʻl qurilishini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.Dupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.  U barcha jamgʻarmalarini Prussiya temir yoʻl korxonalariga sarmoya kiritishga sarfladi, bu esa keyinchalik unga katta boylik keltirdi.  Keyinchalik u Bosh shtab boshligʻi boʻlganda shtabga Temir yoʻl boshqarmasini qoʻshdi.Dupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.

1845-yilda Moltke "1828-1829-yillarda Yevropada rus-turk urushi" maqolasini ni nashr etdi, ushbu maqola harbiy doiralarda yaxshi qabul qilindi. Xuddi shu yili u Rimda Prussiya shahzodasi Genrixning shaxsiy yordamchisi sifatida xizmat qildi, bu unga „Abadiy shahar“ning yangi xaritasini yaratishga imkon berdi(1852-yilda nashr etilgan). thumb|Berlindagi Tiergartendagi Berlin Gʻalaba ustuni yonidagiHelmuth fon Moltke haykali 1855-yilda Moltke shahzoda Fridrix Vilgelmga (keyinchalik imperator Fridrix III) general-mayor sifatida yordamchi va murabbiy boʻlib xizmat qildi. U shahzodaning uylanishi munosabati bilan Angliyaga, shuningdek, Rossiya imperatori Aleksandr II ning toj kiyish marosimida Sankt-Peterburgga shahzodaga hamrohlik qildiBiographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022..

Prussiyada xizmat Edvin fon Manteuffelning taklifiga koʻra, yangi qirol Vilgelm I Moltkeni 1857-yil 29-oktyabrda Prussiya Bosh shtab boshligʻi etib tayinladi.Müller 1879, p. 117. Bosh shtab nomi "Buyuk Bosh shtab" deb oʻzgartirildi, chunki u urush davridagi turli nemis davlatlari qoʻshinlarining umumiy yoʻnalishiga ega boʻlar edi.Arden Bucholz, Moltke, Schlieffen, and Prussian War PlanningU lavozimga kelishi bilanoq, strategik va taktik usullarga oʻzgartirishlar kiritishga kirishdi:

qurollanish va aloqa vositalaridagi oʻzgarishlar; shtab xodimlarini tayyorlashdagi oʻzgarishlar (masalan, xodimlarning sayohatlarini joriy etish); Armiyani safarbar qilish uslubidagi oʻzgarishlar.

1859-yilda Italiyadagi Avstriya-Sardiniya urushi Prussiya armiyasini safarbar qilishga olib keldi, ammo Prussiya armiyasi bevosita janglarda ishtirok etmagan. Safarbarlikdan keyin armiya qayta tashkil etildi va uning kuchi deyarli ikki baravar oshirildi. Qayta tashkil etish Moltkening emas, balki shahzoda regent Vilgelmning va harbiy vazir Albrext fon Roonning ishi ediMyuller 1879, p. 117. Moltke Italiya kampaniyasini diqqat bilan kuzatdi va 1862-yilda uning borishi haqida kitob yozdi.

1862-yil dekabrda Moltkedan Daniya bilan urushning harbiy jihati boʻyicha fikr soʻraldi. Uning fikricha, urushni tugatish qiyinchillikka olib kelishi mumkin, chunki Daniya armiyasi, orollarga chekinadi, bu daniyaliklarning dengizda kuchliliga sababli, unga hujum qilish imkonsiz boʻlib qoladi. U Shlezvigga hujum qilishdan oldin Daniya armiyasining qanotdan oʻrab olish rejasini tuzdi. U bu orqali ularning chekinishlarini toʻxtatishu mumkinligini aytdi.

Daniya bilan urush 1864-yil fevral oyida Ikkinchi Shlezvig urushi boshlanganda, Moltke Prussiya qoʻshinlari bilan birga yuborilmadi, balki Berlinda qoldi. Uning urush rejasi notoʻgʻri amalga oshirildi va Daniya armiyasi Dybbol va Frederikiya qalʼalariga qochib ketdi, Dybbol va Frederikiya qamal qilindi, Dybbol qiyinchilik bilan qoʻlga kiritildi va Frederikiya daniyaliklar tomonidan jangsiz tashlab ketildi — ammo urush tugash belgilarini koʻrsatmadi. Daniya armiyasi Als va Funen orollarida joylashib oldi.

1864-yil 30-aprelda Moltke ittifoqchi (nemis) kuchlari shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U Fridrix Graf fon Vrangel bilan Alsni egallashni kelishib oldi. 29-iyun kuni Gervart fon Bittenfeld armiyasining bir qismi qayiqlarda Alsni kesib oʻtishgan va tezda butun orolni egallab olishgan. Bir necha kun oʻtgach, Eduard Vogel fon Falkenshteyn korpusi Limfyordni kesib oʻtdi va Yutlandiyaning qolgan qismlarini egalladi. avstriyaliklar esa turli orollarni egallab olishdi. Daniya hukumati Vena shartnomasini imzolash orqali urushni magʻlubiyat bilan yakunladi.Müller 1879, p. 121-122.

Avstriya-Prussiya urushi Moltke 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi paytida muvaffaqiyatli harbiy operatsiyalarni rejalashtirgan va boshqargan. Urush strategiyasida asosiy jihatlar quyidagilardan iborat. Prussiyaliklarga qarshi ikkita dushman guruhi bor edi, 270 minglik avstro-sakson qoʻshinlari va taxminan 120 000 kishilik ularning ittifoqdosh Shimoliy va Janubiy Germaniya armiyalari. Prussiya qoʻshinlari taxminan 60 000 kishiga kam edi, ammo Moltke hal qiluvchi nuqtada ustunlikka erishishga qaror qildi. Moltke Prussiya armiyasini uchta dala armiyasiga ajratdi:

Birinchi armiya; Ikkinchi armiya; Elba armiyasi.thumb|347x347px|Qirol Vilgelm I (qora otda) Bismark, Moltke, Roon va boshqalar bilan Königgrats jangini tomosha qilmoqda