Eron Islom Respublikasi (), qisqacha Eron () — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.
Eron tarixi asosan ikki davrga boʻlinadi: musulmonlardan oldingi va musulmonlik davri. Eron jamiyatining islomlashuvi uning madaniy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishida tub oʻzgarishlarga olib keldi. Biroq, Islom dini qabul qilingandan keyin ham avvalgi ma'naviy qadriyatlar va me'roslar butunlay yoʻqolmadi. Qolaversa, ular mamlakatda vujudga kelayotgan yangi madaniyatga kuchli ta'sir koʻrsatgani uchun ham ayrim tadqiqotchi olimlar uni Eron islomi deb ham atashgan edi. Hattoki hozirgi zamonaviy Eronda musulmonlardan oldingi koʻplab urf-odatlar va marosimlar saqlanib qolgan.
Eramizdan oldingi davrda Oʻrta paleolit davrida Eronda (tarix fanida insonlarni kelib chiqishi kategoriyalashgan) neandertalga oʻxshash paleoantroplar yashagan.Eronda yuqori paleolit taxminan 36 ming yil oldin, neandertallarning oʻrniga Baradost madaniyatiga mansub kromanyon odamlar kelgan. Taxminan 18 ming yillar oldin Baradost madaniyati zarzian madaniyati kirib kelishi bilan oʻz oʻrnini boʻshatgan, ehtimol avvalgisining merosxoʻri boʻlgan.
Qadimgi yozuv davri thumb|300x300px|Qadimgi Eron. Birinchi davlat-Elam (qizil rangda ajratilgan) va qoʻshni xalqlar — forslar, parfiyaliklar, midiyaliklar, kassitlar, shuningdek Bobil va Ossuriya davlatlari|left Qadimgi yozuv davrida Elam Eron hududidagi eng kuchli va dastlabki davlat edi. U bir qator boshqa davlatlar, jumladan, shumerlar bilan raqobatlashdi.
Eronning sharqiy qismi Hind vodiysi tsivilizatsiyasi va unga aloqasi boʻlgan madaniyatlar ta'siriga kirgan edi. Neolit davrida bu madaniyatning ajdodlari, aftidan, butun Eron hududini tarqalgan va faqat keyinroq sharqqa koʻchib oʻtgan ediDEBUT DU NEOLITHIQUE.
Eronning sharqiy qismida hozirgi zamon arxeologlari, bronza davriga oid boʻlgan jiroftik madaniyatga oid moddiy ma'naviy buyumlar namunasi topishgan.
Miloddan avvalgi 2700 -yilga kelib, Shumerlar shohlarini aravalari bilan birgalikda dafn qila boshlaydilar. Bu qabrlar Elamning Suza shahridan ham topilgan.
Forslar islomdan oldingi davrda Eron qabilalari qanday paydo boʻlgani noma'lumligicha qolmoqda. Bu miloddan avvalgi 2000-1500-yillarda sodir boʻlgan boʻlishi mumkin. Yarim koʻchmanchi eroniylarning qaysi vaqt barqaror davlat sifatida birinchi marta birlashganligini ham aniq bilish mumkin emas. Eron platosining sharqiy qismida kuchli (Baqtriya) davlatnin borligi ham noaniq.
Midiya Birinchi Eron davlati miloddan avvalgi VII asrda tashkil etilgan boʻlib, bu Midiya davlatidir. Midiyaliklar butun Gʻarbiy Eronni, Sharqiy Eron qabilalarining bir qismini boʻysundirdilar. Ular Ossuriya davlatini vayron qilgan ittifoqning boshida edilar. Midiya davlatining shuhrati shunchalik keng tarqalganki, V asrda yunonlar Fors davlatini Midiya deb atashgan.
Ahamoniylar davlati thumb|Ahamoniylar davlati hududi Miloddan avvalgi VI asrda midiyaliklar Eronning janubi-gʻarbiy qismida, Mesopotamiya hududiga yaqin joyda, Forsda, ehtimol, Xuzistonda forslar midiyaliklardan yetakchilikni oladi. Ahamoniylar asoschisi Buyuk Kir (mil.avv 558-529-yillar) Ahamoniylar oilasidan kelib chiqqan holda, butun Gʻarbiy Osiyoni va Eron dunyosining Sharqiy qismini Sirdaryogacha bosib oldi. Uning poytaxti Polvar daryosi vodiysidagi Fors shahridagi Persepolis shahri edi. Kambiz II (mil. avv 529 —522) bu istilochilikka qadimgi Misr va Efiopiyaning bir qismini qoʻshdi. Uning oʻlimi taxt uchun kurash(qarang Bardiya)ga sabab boʻldi, undan keyin taxt Darius Gistasp (521—486) ga ya'ni Ahamoniylarning kenja vakiliga oʻtdi. Doro I davlatning barcha hududlarida boshlangan isyonni bostiradi. Ahamoniylar davlatini mustahkamladi va davlatni boshqaruvini tashkil qildi. Davlat chegaralari Markaziy Osiyo va hind xalqlarining bosib olinishi va Bolqon yarim orolining bir qismiga boʻysunishi bilan kengaytirildi. Shohning fe'l-atvori mashhur Behistun yozuvida tasvirlangan, u yerda unga boʻysunadigan xalqlar ham bor. Doro I Forsga toʻgʻri (oltin) pul tizimini joriy qildi. Shu bilan birgalikda Zardusht dini davlat dini darajasiga olib chiqildi. Fors hukumati fath qilingan xalqlarning dinlariga bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻldi. Davlatning asosiy shahri bu vaqtda Suza (Xuzistonda) edi. Bundan tashqari, Doro I Pasargadadan biroz pastroq boʻlgan Pulvarda Persepolning tamal toshini qoʻydi va kelajakda Persepol poytaxt boʻlishini belgilab qoʻydi. Kserksning (486-465) Yunonistonda, Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlarida, Osiyoda fors kengaytirilmadi. Aksincha Markaziy hukumatning tasirini kamaytirdilar va Artakserks (464 —425) davrida kuchaygan tartibsizliklar boshlandi. Doro II davrida (424-405-yillarda) Misr Forsdan ajralib, yarim asrdan koʻproq vaqt davomida mustaqil boʻlib qoldi. Artakserks II (mil.avv. 405-361) Yunonistondagi voqealar Kichik Osiyo va Qora Dengiz boʻyida hokimiyatni kuchaytirishni taqazo qildi. Oʻz davrining kuchli va iste'dodli hukmdori Artakserks III (361—338) yana Misrni magʻlub etdi.
Forsning davlat tuzilishi Forslar oʻzining davlat tuzumi uchun Doro I dan minnatdor edi. Bosib olingan xalqlarning har biri oʻz tilini, dinini, urf-odatlarini, qonunlarini va koʻpincha milliy yetakchilarini saqlab qolgan, ammo hamma narsada umumiy boshqaruv hukmronlik qilgan. Davlat satrapiyalarga boʻlingan, Yunon tarixchisi Gerodotning soʻzlariga koʻra, ularning soni 20 ta boʻlgan, ammo manbalarga koʻra - 23 dan 31 gacha satrapliklar boʻlgan. Har bir satraplikning boshida fuqarolik va moliya boshqarmasi boshligʻi boʻlgan satrap boʻlgan edi. Uning asosiy vazifasi soliqlar va soliqlarning toʻgʻri aylanishini va aholi hamda davlat farovonligining asosiy manbai boʻlib xizmat qilgan yerni nazorat qilishdan iborat edi. Satrap bilan bir qatorda qirol kotibi ham boʻlib, u orqali satrap podshohdan buyruq olgan, harbiylarning qoʻmondoni esa bevosita Fors shohidan buyruq olgan. Har yili har qanday vaqt maxsus podshohning odamlari satrapliklarga sayohatga chiqadi va bira toʻla tekshirib, kamchilik aniqlansa satrapni ishdan ham olishi mumkin boʻlgan.
Davlatning yana bir poytaxti Suzada va viloyatlar oʻrtasida, eng chetki hududlargacha, ot kurerlari (Angarlar) orqali aloqa oʻrnatildi. Har bir satraplik har yili ikkita soliq toʻlashi shart edi: biri oltin va kumush, ikkinchisi esa natura shaklida. Fors shohlari xazinasida toʻplangan birinchi soliq ulkan boylik uchun yigʻilgan boʻlsa; ikkinchisi qirol saroyini ta’minlashga, satraplar va amaldorlarning maoshlariga, qoʻshinni ta’minlashga ketgan. Misol uchun, Misr non, Kilikiya - otlar, Midiya - otlar, xachirlar va qoramollar, Armaniston - qullar, Efiopiya - qora va fil suyagi bilan ta'minlab yetkazib turishi majburiy boʻlgan edi. Faqat Fors satrapligi soliqdan ozod edi va Kir va Kambiz davrida boʻlgani kabi, faqat ixtiyoriy qurbonliklar bilan cheklangan.
Fors Madaniyati Kirning bosqinlari forslar bilan Ossuriya va Lidiya oʻratsidagi ziddiyatlarni keltirdi. Forslar tomonidan bosib olingan Midiya xalqining madaniyati forslar uchun andoza boʻldi. Forslarning ta'lim tarbiyasi asosan, davlatni rivojlantirish, vatanni himoya qilish, rostgoʻylik kabi gʻoyalardan iborat edi. Urushdagi jasorat va shohga sodiqlik forslar oldida eng yaxshi fazilatlardan biridir.Ilm olish ularning kundalik munosabatlarining asosi edi. Haykaltaroshlik va arxitektura forslar tomonidan san'at darajasiga olib chiqildi. Ilm-fan vakillari faqat chet elliklar edi: fors shohlari saroyida yunon shifokorlari, yunon va finikiyalik muhandislar, Misr san'atkorlari yashagan. Umuman olganda, qadimgi forslar sivilizatsiyasi Misr va Bobil sivilizatsiyalari bilan davomchisi boʻldi. Shubhasiz, Ahamoniylar davlati oʻz ma'muriyatining barcha kamchiliklari va despotizmi bilan ikki asr davomida Osiyo uchun nisbatan insoniy, toʻgʻri va mustahkam hukumat tizimini ta'minlashgan
Aleksandr Makedonskiy left|thumb|Makedoniyalik Aleksandr byusti Makedoniyalik Filippning hukmronligi ostida yunon dunyosi birlashishdi. Aleksandrning Doro III (336 - 330) davrida Forsga yurushi boshladi. Uzoq va qattiq kurashdan soʻng, Aleksandr Ahamoniylarni butun davlatini boʻysundirdi.
Salavkiylar thumb|Salavkiylar davlati Aleksandr (323-yilda) oʻlimidan soʻng, uning davlati tez orada 3 qismga boʻlinib ketadi. Eron avval Selevkiiylarga, Suriyaga boʻysingan, ammo Aleksandr vafotidan bir necha yil oʻtgach, mahalliy hukmdor Atropat Atropaten deb nomlangan Midiyada davlatiga asos solgan. Sharqda shakllangan davlatlar, ya'ni Eronning Shimoliy-sharqida Parfiya davlati va Xurosonda (miloddan avvalgi 256-yilda) Yunon-Baqtriya shohligi tashlil topdi.
Parfiya thumb|Parfiya qirolligi Parfiya qiroli Mitridat I salavkiylardan Fors, Mesopotamiyani tortib oldi va Yunon-Baqtriya davlatining Hindukushgacha(togʻ tizmasi) boʻlgan hududini bosib oldi. U birinchi boʻlib "shohlar shohi" unvonini oldi va shu bilan oʻzini Ahamoniylar davlatining davomchisi deb e'lon qildi. Parfiya davlati Kaspiy dengizining Janubida mustahkam oʻrnashib oldi va qoʻshinlarni kuchaytirdi.
Rim imperatori Avgust davridan boshlab Rim imperatorlari Parfiya taxti uchun ichki nizolarga aralashdilar va koʻpincha Parfiya qirollarini oʻzlarining vassallari deb hisoblay boshlagan edi. Trayan eng qattiq zarbani berib Armaniston va Mesopotamiyani bosib olgan va Ktesifonni egallagan parfiyaliklardan tortib oladi. Oxirgi hukmdor Arsakid davrida va Artaban V (milodiy 216-226), rimliklardan Armaniston va Mesopotamiyaning bir qismini tortib olindi, Parfiya davlatining ulugʻvorligi va mustaqilligi tiklandi. Ammo ayni paytda Kir va Doroning vatani Forsda parfiyaliklar hukmronligiga chek qoʻyadigan harakat sodir boʻldi. Mahalliy hukmdorlardan biri Sosonning nabirasi Papakning oʻgʻli Ardashir butun Forsni oʻz hukmronligi ostida birlashtirgan edi va shundan soʻng Parfiya hukmdorlari arshakiylar bilan kurashga kirishgan.
Sosoniylar thumb|Sosoniylar davlati 226-yilda Artaban jangda halok boʻladi va “shohlar shohi” deb nomlanadigan taxt Sosoniylar sulolasiga oʻtadi. Davlatchilik oʻzining avvalgi tuzilmasini (katta yer egaligi, zodagonlar hukmronligi) saqlab qoldi va 18 ta viloyatga boʻlinish (satrapiyalar) ham saqlanib qolgan, ammo ular ba'zan 4 ta asosiy gubernatorlar hukmronligi ostida birlashgan.
Arshakiylar Parfiyasidan farqli ravishda vassal sulolalari faqat chegara hududlarida mavjud boʻlib qolgan. Ruhoniylarning ahamiyati ortdi. Zardusht dini toʻliq ravishda davlat diniga aylandi (heterodoksal targʻibot hamda bidʼatlarni qattiq taʼqib qilish natijasida). Ma'muriy va moliyaviy boshqaruv izchil tizimga keltirildi. Ikkala soha ham keyinchalik (musulmon davlatlar uchun ham)Forsdagi musulmon mulklari uchun namuna boʻlib xizmat qilgan. Keyingi hukmdorlar hech qachon sosoniylar davrida erishgan darajaga - viloyatlar tartibini va daromadliligini keltira olmadilar.
Sosoniylar ham Parfiya davlati singari Armaniston va Mesopotamiya hamda sharqdagi Oʻrta Osiyo xalqlari uchun rimliklarga (keyinchalik Vizantiyaga) qarshi doimiy kurashishga majbur boʻldilar.
Ardashirning merosxoʻri Shopur I (miloddan avvalgi 241-272) imperator Valerianni asrga oladi va Antioxiyani vaqtincha egalladi. Uning davrida manixiylar harakati boshlandi, bu nafaqat Osiyo, balki Yevropa tarixiga ham katta ta'sir koʻrsatdi. diniy oqim asoschisi Maniy Shopur vafotidan bir necha yil oʻtib qatl etilgan.
Sosoniylarning eng mashhur hukmdorlaridan biri Shopur II (309-379) edi. Julianning vaqtinchalik muvaffaqiyatlariga qaramay, u Mesopotamiya va Armanistonni rimliklardan qaytarib oldi. Uning davrida " Zend-Avesto "ning asosiy qismini ya'ni hozirgi nashri bosib chiqarildi. Uning hukmronligi ostida nasroniylarni ta'qib qilishdi. Shopur II ham Shopur I singari bir qator shaharlarning asoschisi hisoblanadi.