„Yesterday“ () — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni Paul McCartney yozgan, ammo Lennon–McCartney muallif oʻlaroq koʻrsatilgan. „Yesterday“ ilk bor 1965-yilning avgustida „Help!“ albomida eʼlon qilingan. AQShda esa oʻsha yilning sentyabrida singl qatori chiqarilgan. Qoʻshiq AQSh xit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 1966-yilning martida Buyuk Britaniyada eʼlon qilingan „Yesterday“ mini-albomi hamda 1966-yilning iyunida AQShda eʼlon qilingan „Yesterday and Today“ albomiga kiritilgan.

McCartney torli kvartet bilan ijro etgan „Yestetrday“ The Beatles guruhi aʼzosi ijro etgan ilk yakkaxon qoʻshiqdir. Qoʻshiq bugunga qadar mashhur boʻlib qolmoqda. Qoʻshiqning 2 200 dan oshiq kaver versiyasi yozilgan boʻlib, tarona musiqa tarixidagi eng koʻp kaver qilingan asarlarning biridir. BBC Radio 2 radiosi 1999-yil musiqa mutaxassislari hamda tinglovchilar oʻtkazgan soʻrovda XX asrning eng yaxshi qoʻshigʻi deb topilgan. 2000-yilda esa „MTV“ telekanali hamda „Rolling Stone“ jurnali „Yesterday“ ashulasini eng yaxshi pop qoʻshiq deb topgan. Qoʻshiq 1997-yil „Grammy shon-sharaf zali“ga () kiritilgan. Broadcast Music Incorporated (BMI) maʼlumotlariga koʻra, qoʻshiq XX asrda 7 million martadan koʻp ijro etilgan.

„Yesterday“ ayriliq haqidagi gʻamgin balladadir. Qoʻshiq ijrochisi sevgilisi bilan birga boʻlgan kechagi kunni qoʻmsaydi. McCartney qoʻshiqni yozib olishda qatnashgan yagona guruh aʼzosidir. Qoʻshiq Beatles guruhining boshqa rilizlaridan shu qadar farq qilganki, guruh aʼzolari qoʻshiq Buyuk Britaniyada singl oʻlaroq chiqarilishiga toʻsqinlik qilgan, ammo boshqa guruhlar tezda ashulaning kaverini singl oʻlaroq chiqara boshlagan. 1976-yilga borib qoʻshiq Buyuk Britaniyada singl oʻlaroq chiqarilgan hamda mamlakat xit-paradida 8-pogʻonagacha koʻtarilgan.

Izohlar

Manbalar Snoskalar

Adabiyotlar

Havolalar (jonli ijro)

Turkum:Beatles qoʻshiqlari Turkum:Paul McCartney qoʻshiqlari Turkum:1965-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Lennon–McCartney yozgan qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar