ALISHER NAVOIY ARUZI

Reja: 1. Alisher Navoiygacha turkiy sheʼriyatda aruz tizimi. 2. Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori. Muxlislar tartib bergan devonlarning vazn xususiyatlari. 3. „BadoyV ul-bidoya“ va „Navodir un-nihoya“ devonlarida qoʻllangan bahrlar. 4. „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotining vazn xususiyatlari. Kulliyotning vazn koʻrsatkichlari. 5. Ruboiy vaznlari. Aruz sheʼr tizimi Sharq xalqlari sheʼriyatining asosiy sheʼriy oʻlchovi sifatida ming yillardan beri turkiy sheʼriyatimizda keng qoʻllanilib kelayotgan sheʼriy vaznlardan biridir. Uning sheʼriyatimizga kirib kelishi va mustahkam oʻrin olishi tasodifiy boʻlmay, islomdan oldingi sheʼriy merosimizda ham misralardagi choʻziq va qisqa hijolar oʻrtasida muayyan mutanosiblik mavjud boʻlgan. Olimlarimizning aniqlashlaricha, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit ''turk“ asaridan oʻrin olgan 224 sheʼriy parcha aruzdagi — V ----, V — V — , — V V — , V V , V --------, — V V -----turoqlariga mos keluvchi oʻlchovda yaratilgan (A.Hojiahmedov). Kuzatuvlarga koʻra, turkiy xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tebrata boshlaganlarida, barmoq vazn tizimiga yaqin turuvchi vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk davrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ asari ’’Shohnoma" vaznida, yaʼni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos Hojibning aynan shu oʻlchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy xalqlar sheʼriy tizimi boʻlmish barmoqning eng faol shakllaridan boʻlgan oʻn bir boʻgʻinli vazniga juda ham uygʻun ekanligini keltirish mumkin. Adib Ahmadning „Hibat ul-haqoyiq“ asarida ham ushbu oʻlchov toʻrtliklar shaklida ifoda etilgan. XIV-XV asrlar turkiy xalqlar adabiyotida aruz tizimidan foydalanishning yangi bosqichi boʻldi. Bu davrda Nosiruddin Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“ asaridagi 600 misraga ya- 366 qin sheʼriy parchalar, Xorazmiy „Muhabbatnoma“si va boshqa nomalar, Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Sayyid Qosimiy dostonlarida aruz tizimining ramal, hazaj, sari’, muzori’ kabi bahrlari istifoda etildi. Navoiygacha boʻlgan turkiy sheʼriyatda aruz tizimining xushohang vaznlaridan foydalanish va ularni turkiy sheʼriyatga olib kirishda Sakkokiy, Gadoiy, Atoyi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy kabi shoirlarning xizmatlari katta boʻldi. Sakkokiy oʻzining 40 ga yaqin gʻazali va 11 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 13) qasidasida aruz tizimining 5 bahridan foydalangan boʻlsa, Atoyi va Gadoiy sheʼriyatida 6 bahr, Lutfiy va Hofiz Xorazmiy devonlarida esa 9 tadan bahr istifoda etilganligini koʻramiz. Ushbu bahrlar va ularga mansub boʻlgan vaznlarni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: T.r. Mumtoz ijodkor nomi Qoʻllanilgan bahrlar soni Vaznlar miqdori 1. Sakkokiy 5 ta 11 ta 2. Gadoiy 6 ta 15 ta 3. Atoyi 6 ta 18 ta 4. Lutfiy 9 ta 38 ta 5. Hofiz Xoramiy 9 ta 54 ta Turkiy aruzning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanishi va taraqqiyoti bevosita Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Buyuk mutafakkir shoir oʻzining aruz qonun-qoidalariga bagʻishlangan „Mezon ul-avzon“ asarida 19 bahr, 160 vazn haqida maʼlumot bergan boʻlsa, lirik va epik sheʼriyatida 13 bahr, 1 0 0 ga yaqin vazndan keng foydalandi va bu bilan aruz tizimi turkiy sheʼriyatning ajralmas qismiga aylanganligini asoslash bilan birga bu sheʼriy tizimning turkiy til qonuniyatlariga har tomonlama mos kelishini isbotladi. Alisher Navoiy bolalik chogʻlaridanoq fors-tojik va turkiy tilda yozilgan gʻazallarni yod olgan va oʻzi ham sheʼrlar bitib, Mavlono Lutfiy, Sayyid Hasan Ardasher kabi ustozlarning eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi. Uning dastlab yozgan sheʼrlarida fors-tojik va turkiy salaflari gʻazallarining ohangi, bu ohang orqali esa ularning sheʼriyatida qoʻllangan vaznlarning taʼsiri bor. Zero odatda yosh shoir sheʼr yozar ekan, odatda uni oʻz xotirasi yoki shuurida saqlanib qolgan ohang asosida yaratadi. 367 Shu maʼnoda yosh Alisherning dastlabki sheʼrlari ramal, hazaj yoki muzori’ kabi mustaʼmal bahrlarda yozilgan deb aytish mumkin. Navoiyning oʻzi „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ asarida yoshlik yillaridayoq baʼzi sheʼrlari Xurosonda shuhrat qozonganligi va Sayyid Hasan Ardasher ularni takrorlab yurishni xush koʻrganligi haqida maʼlumot beradi. Ular orasida Furqatingdin zaʼfaron uzra toʻkarmen lolalar, Lolalar ermaski, bagʻrimdin erur pargolalar… Ul parivashkim, oChiЪtep zor-u sargardon anga, Ishqdin olam manga hayron-u men hayron anga matlaʼlari ramal bahrida yaratilgan boʻIsa, Labing koʻrgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin, Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurman baytida hazaj bahri qoʻllanganligini koʻrish mumkin. Alisher Navoiyning ijodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, buyuk mutafakkir oʻzbek tilining jonli muloqot tilidan ilm-fan, adabiyot va sanʼat tili darajasiga yuksalishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilganligi, tilning rivoji uchun nazariy asoslar yaratib, amalda tatbiq etganligiga guvoh boʻlamiz. Aruz — tilning fonetik tovlanishlarini saqlash uchun eng maqbul vosita ekanligini anglagan Navoiy bu sheʼriy oʻlchovni turkiy tilda tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratdi: Navoiy sheʼriyatida arab va fors tilidan oʻzlashtirilgan soʻzlar asl talaffuz holatini saqlab qoldi. Arabiy va forsiy soʻzlar aruz vazniga solib oʻqilganda jonli muloqotda qoʻllangan shaklda emas, balki asliyatga mos holatda keltirildi. Masalan, qasr soʻzi Navoiy sheʼriyatida bitta oʻta choʻziq (-V) hijodan iborat, holbuki biz jonli muloqotda bu soʻzni qas(i)r shaklida (V -) talaffuz qilishga oʻrganib qolganmiz. Yor, dor, zor kabi asli arabcha yoki forscha boʻlgan soʻzlar ham forsiy va arabiy aruz oʻlchoviga mos ravishda bitta oʻta choʻziq (-V) hi jo hisoblanadi. Ammo asli turkiy boʻlgan va „o“ unlisi ishtirok etgan quyosh, tufroq, yosh, sori, dogʻi kabi soʻzlar matn va aruz talabiga muvofiq turli shaklda — bitta qisqa (V), bitta choʻziq ( —) yo bitta oʻta choʻziq (-V) tarzida talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, „Navodir ush-shabob“ devonidagi quyidagi 368 baytga diqqat qilaylik: Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil, Toshdin angla tanimni: gar koʻk oʻlmish, gar qaro. Baytning boshida kelgan „yosh“ bitta oʻ ta choʻziq boʻgʻinni (-V) tashkil qiladi. Mana bu baytda esa, ayni shu soʻz bitta qisqa boʻgʻindan iborat boʻ lmoqda: Daf’a-daf’a gul sochilmaydur gulafshon bogʻida Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur. Quyidagi baytda esa, „ tufroq“ soʻ zi ikki xil taqti’ qilinadi: Faqr koʻyi tufrogʻin shah mulkiga bermas faqir, Mulk, koʻrkim, teng emas tufrogʻ ila qiymat anga. Birinchi misradagi „tufrogʻin“da „ro“ boʻgʻini qisqa talaffuz qilinsa, ikkinchi misrada choʻziq talaffuz qilinadi. Bilamizki, ayrim turkiy shevalarda „o“ tovushi umuman qoʻ llanilmaydi (tosh- tash, bosh — bash, qora — qara). Navoiy oʻz sheʼriyatida ikkala variantni ham teng qoʻllab, ham aruz imkoniyatlarini kengaytirgan, ham shevalardagi rang-baranglikni saqlab qolishga erishgan. Turkiy shevalardagi talaffuz rang-barangligi faqat „o“ va „a“ tovushlarida emas, balki "oʻ ", „i“, „e“ unlilarida ham kuzatiladi. Navoiy aruz vazni talablaridan tashqari, ana shu talaffuz turlichaligidan hosil boʻ ladigan maʼno tovlanishlarini ham hisobga olgan. Bu holat ayniqsa, tajnis sanʼati qoʻllangan baytlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiy aruzining forsiy va arabiy aruzdan farqlanuvchi yana bir jihati — bu dimog* orqali talaffuz etiladigan „ng“ tovushidir. Forsiy aruzda „ng“ tovushi yoʻqligi sababli, soʻzlar taqti’i odatda ikki choʻziq (—) yoki bitta choʻziq va bitta qisqa (-V) boʻgʻinlarga boʻlinadi (sangin---- ; tanga — V). Navoiy sheʼriyatida esa, -ga qoʻshimchasi „n“ undosh bilan tugaydigan sof turkiy soʻzlar tarkibida kelganida taqti’ bitta qisqa boʻgʻin bilan boshlanadi. Masalan: Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sango, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldim sango. Dimogʻ bilan talaffuz qilinadigan „ng“ tovushi barcha wlievalarda ham qoʻllanilmasligini bilgan Navoiy har doim ham 369 bu qoidaga rioya qilmaydi. Masalan, mashhur ruboiysidagi „El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish“ misrasini oʻqiganimizda „ng“ tovushini dimogʻ bilan emas, balki alohida-alohida talaffuz qilishimizga toʻgʻri keladi. Maʼlum boʻladiki, Navoiy turkiy tilni aruz qoidalargiga zoʻrlab moslashtirmasdan, balki aruz tizimini ona tili tabiatiga uygʻunlashtirishga harakat qilgan va shu tariqa talaffuz tabiiyligini taʼminlashga erishgan. Navoiy devonlarida qoʻ llanilgan vaznlarni oʻrganish jarayonida shoir sheʼrlarining devondan devonga bahr jihatdan oʻzgarib borganligini, vazn koʻrsatkichlari o ʻsib borganligini kuzatish mumkin. Xususan, shoirning yoshlik lirikasi jamlangan „Ilk devon“ (1465-1466)dagi sheʼrlari vaznini oʻrganish yosh shoirning aruz tizimidan foydalanish mahoratini aniqlashga yordam beradi. Maʼlumki, „Ilk devon“da jami 434 sheʼr boʻlib, shundan 391 tasini gʻazal janridagi sheʼrlar tashkil etadi. Bularning vazn xususiyatlariga nazar tashlasak, yosh Alisherning 24-25 yoshgacha boʻlgan sheʼrlarida aruz tizimining 8 bahri va 47 ta vazni qoʻllanganligini kuzatamiz44. Buni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: T.r. Bahr nomi 6 ʻazallar Boshqa janrdagi sheʼrlar Jami sheʼrlar soni 1. Ramal 255 1 256 2. Hazaj 59 42 101 3. Muitass 45 — 45 4. Muzori’ 13. 13 5. Mutaaorib 12 — 12 6. Raiaz 4. 4 7. Munsarih 2. 2 8. Sari’ 1 — 1 Jami 391 43 434 Shoirning yoshlik davri lirikasini vazn nuqtai nazaridan I oʻrganish shuni koʻrsatadiki, Navoiy oʻ z sheʼrlari uchun vazn tanlar ekan, ularni sheʼrning mavzusi, gʻoyaviy mazmuni, qahramonlar ruhiyatini ochib berishga xizmat qildirgan. Agar ishq 44 „Ilk devon“ shoirning oʻzi tomonidan tartib berilmaganligi uchun Navoiyning yoshlik lirikasida qoʻllangan vaznlar koʻrsatkichi haqidagi xulosa nisbiylik kasb etadi, zero, bu muxlislarning shoir gʻazallariga oʻziga xos yondashuvlari va ehtiyojlari nahsuli boʻlib, ushbu devonga shoirning oʻsha davrgacha yozilgan barcha sheʼrlari kirmaganligi tabiiy. 370 iztiroblari, lirik qahramon kechinmalari vazmin va salobatli ohanglarda taʼsirchan ifodalangan boʻ lsa, yor taʼrif-u tavsifi, uning goʻzalligi madh etilgan baytlar yengil, oʻynoqi vaznlar vositasida tarannum etilganligini koʻramiz. Agar eʼ tibor qaratilsa, shoirning yoshlik lirikasiga xos sheʼrlarining yarmidan koʻprogʻi turkona ohangga mos keluvchi ramal bahrida yaratilgan. Xususan, uning 161 gʻazali ushbu bahrning ramali musammani mahzuf (afoyili va taqti’i: foilotun foilotun foilotun foilun, — V ---- / ~ V ------/ — V ---- / — V -) vaznida yozilganligini koʻ rish mumkin. Ulardan ayrimlarining matlaʼlarini keltiramiz: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi, Koʻzlarimgʻa kecha tong otquncha uyqu kelmadi… Koʻrgali husnungni zor-u mubtalo boʻldum sango, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sango… Navoiyning yoshlik davri lirikasida hazaj bahri ikkinchi oʻrinni egallaydi. Shoir gʻazallarining 59 tasi ushbu bahr vaznlarida yaratilgan boʻlib, ular orasida hazaji musammani solim vazni jozibali ohangi bilan alohida ajralib turadi: Tun oqshom boʻldi-yu kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh oʻtidin har dam kuyar parvonadek jonim… Bir oy oʻtti meni mahzungʻa bir oy intizorinda, Ki ne koʻnglum erur hushinda, ne hushum qarorinda. Devondan oʻrin olgan 41 ruboiy ham anʼanaviy hazaj bahri vaznlarida boʻlib, ularda Navoiy mazkur janrga xos 24 vaznning 13 tasidan mahorat bilan foydalangan. Ushbu vaznlardan 8 tasi axrab, qolgan 3 tasi esa axram shajarasiga mansub vaznlar hi- .soblanadi. Quyidagi ruboiyda axrab va axram shajarasi aralash tarzda qoʻllangan (jami 3 vazn): Qoʻrqutma meni tamugʻdin, ey zohidi yax, — — V / V — V — / V — — V / V - Jannat manga boʻlgʻusi debon urma zanax. V / V ----- V / V ----- V / V - Kim, doʻzax aning uodi bila iannat erur, V [ V ----- V / V ----- V / V — 371 Jannat bori sening biladur doʻzax. / — V — / V -------- / - „Ilk devon“da ramal va hazajdan keyin istifoda etilish darajasiga koʻra uchinchi oʻrinni mujtass bahri egallaydi. Shoirning jami 45 gʻazali ushbu bahr vaznlarida bitilgan. Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil, Koʻzum qarosida mardurn kibi vatan qilgʻil…