Shaurs pishlogʻi () — sigir sutidan tayyorlangan yumshoq fransuz pishlogʻidir.
Tarixi Pishloq XIV-asrdan beri maʼlum. Afsonaga koʻra, Pontigny Abbatligi rohiblari bu pishloqni tayyorlashni boshlaganlar. 1977-yil 21-yanvarda Shaurs AOC tomonidan sertifikatlangan. 2007-yilda 2446 tonna Shaurs pishloq ishlab chiqarilgan. 2009-yilda Shaurs ishlab chiqaruvchi 90 ta sut fermasi mavjud edi.
Tayyorlanishi 2 dan 4 haftagacha davom etadigan yetilish jarayonida zardob tabiiy ravishda ajratiladi. Dastavval, kalye devorlarida teshiklari va pastki qismi boʻlmagan qoliplarga quyiladi. Biroz vaqt oʻtgach, pishloq qattiqlasha boshlaganda, u qolipdan olinadi va yana zardobi ajralib chiqishi uchun yogʻoch javonlarga yoki quruq, harorat bilan boshqariladigan podvalga somonga teriladi. Baʼzan, oʻzgacha xushboʻylik berish uchun, pishloq quruq chinor barglariga oʻraladi.
Shaurs butun yil davomida ishlab chiqariladi.
Tavsifi right|thumb|200x200px| Shaur pishlogʻi Qalin qatlamli penicillium candidum oq mogʻor bilan qoplangan pishloq boshi silindrsimon 8 yoki 11 sm diametrli shaklga ega, balandligi 6 sm va ogʻirligi 200 yoki 450 g. Pishloq har doim qogʻozga oʻraladi. Pishloqning yogʻ miqdori — 50%. Pishloq qoʻziqorin va oʻrmon yongʻoqlari xushboʻyligi bilan nozik, ozgina nordon taʼmga ega.
Shaurs odatda shirinlikdan oldin isteʼmol qilinadi, baʼzan esa aperitiv bilan tortish uchun kvadrat shaklida kesiladi. Pishloq bilan eng uygʻun Chablis blanc va Irancy Burgundiya vinolaridir.
Manbalar
Havolalar
Turkum:sigir sutidan pishloq Turkum:fransuz pishloqlari Turkum:qolib pishloq Turkum:AOC pishloqlari